O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

 
Xulosalar: 
 
1. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan iqtisodiy 
munosabatlar umumiy ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy negizini tashkil etib, 
ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarida bo’ladigan munosabatlarning 
tavsifini belgilab beradi. Shuning uchun ularni o’rganish o’ta muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
2. Insoniyat zarur ne’matlar iste’molisiz yashay olmaydi. Shunga ko’ra, bu 
ne’matlarni muntazam ravishda ishlab chiqarish muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish 


54 
va xizmat qilish jarayonida insonning yashashi uchun zarur bo’lgan barcha hayotiy 
vositalar yaratiladi. 
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish omillari – yer, kapital, ishchi 
kuchi va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat bo’lib, ular o’zaro bir-birlariga ta’sir 
ko’rsatadi. Bu omillardan birining sifat va miqdor jihatidan o’zgarishi pirovardida 
boshqa omillarning o’zgarishiga ham ta’sir ko’rsatadi.
4. Ishlab chiqarish jarayonida barcha omillar harakatda bo’ladi, lekin ular ichida 
jonli mehnat, ya’ni ishchi kuchi faol bo’lib, u barcha ishlab chiqarish vositalarini 
harakatga keltiradi, ularga «jon kiritadi», asosiy kapital qiymatining yo’qolib 
ketmasligini ta’minlab, yangi yaratilgan tovar va xizmatlarga o’tkazadi. Va nihoyat, 
bu jarayonda yangi tovar va xizmatlar vujudga keladi. 
5. Yangi vujudga kelgan tovar va xizmatlar ikki xil xususiyatga – naflilik va 
qiymatga ega bo’lib, ikki tomonlama hisobga olinadi: natural-ashyoviy (naflilik) 
tomonidan va qiymat tomonidan. Natural-ashyoviy tomondan u uch qismga: ishlab 
chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari va turli xizmatlarga bo’linadi. Qiymat 
tarafidan ham uch qismga: iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (s), 
zaruriy mahsulot qiymati (v) va qo’shimcha mahsulot qiymati (m)ga bo’linadi.
6. Bundan 100 yil ilgari marjinalistlar tomonidan kashf qilingan va 
iqtisodiyotning universal qonuni deb atalgan qonun – «keyingi qo’shilgan omil 
(qo’shilgan kapital, qo’shilgan mehnat) unumdorligining pasayib borish qonuni» 
ko’r-ko’rona isrofgarchilikka, ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yilmasa, hozirgi zamon 
fan-texnika taraqqiyoti sharoitida amal qilmaydi.
7. Ishlab chiqarish jarayoni doimo o’zgarib, takomillashib va kengayib boradi. 
Uning rivojlanib borishida ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiyalash, 
diversifikatsiyalash va tarkibiy jihatdan o’zgartirib borish muhim rol o’ynaydi.

Download 8,58 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish