49
2.5-jadval
Resurslar to’liq band bo’laganda ishlab chiqarish imkoniyatlari
(shartli raqamlar)
Mahsulot turi
Muqobil variantlar
A
V
S
D
E
Non (mln. dona)
0
1
2
3
4
Tegirmon (ming dona)
10
9
7
4
0
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi to’g’risida yaxshiroq tasavvurga ega
bo’lish uchun:
birinchidan, iqtisodiyot faqat ikki xil mahsulot – non va tegirmon ishlab
chiqaradi (bunda non iste’mol
tovarlarini, tegirmon ishlab chiqarish vositalarini
bildiradi);
ikkinchidan, iqtisodiy resurslar miqdor va sifat jihatdan o’zgarmaydi;
uchinchidan, mehnat unumdorligi va texnologiya doimiy bo’lib qoladi, deb faraz
qilamiz.
Mavjud resurslar cheklanganligi sababli iqtisodiyotning tegirmon va non ishlab
chiqarish hajmini birdaniga ko’paytirib borish imkoniyati cheklangan. Resurlarning
cheklanganligi mahsulot ishlab chiqarishning cheklanganligini bildiradi.
Bunday
sharoitda tegirmon ishlab chiqarishni har qanday ko’paytirishga, resurslarning bir
qismini – non ishlab chiqarishni kamaytirish orqali erishadi. Aksincha,
agar non
ishlab chiqarishni ko’paytirish afzal ko’rinsa, buning uchun zarur resurslar faqat
tegirmon ishlab chiqarishni qisqartirish hisobiga olinishi mumkin.
Jadvalda jamiyat tanlash mumkin bo’lgan sanoat tegirmonlari va non
miqdorining muqobil uyg’unlashuvi ifodalangan.
A muqobil variantga binoan,
iqtisodiyot o’zining butun resurslarini tegirmon, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini
ishlab chiqarishga yo’naltiradi. E muqobil variantda esa mavjud resurslar to’lig’icha
non, ya’ni iste’mol buyumlari ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Jadvaldagi asosiy
g’oya quyidagicha: har qanday vaqt oralig’ida iqtisodiyot to’la bandlik va ishlab
chiqarishning to’liq hajmida non mahsulotini ko’proq ishlab chiqarishi uchun
tegirmonning bir qismidan voz kechishi zarur. Iqtisodiy resurslar kamyob bo’lganligi
sababli, iqtisodiyot non va tegirmon ishlab chiqarish hajmini bir vaqtda ko’paytira
olmaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyati haqidagi tushunchani
chuqurlashtirish uchun
jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni chizmada tasvirlaymiz (2.6-chizma).