|
-rasm. Aralashmadagi etilenglikol miqdoriga nisbatan muzlash
|
bet | 21/23 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 5,66 Mb. | | #255684 |
Bog'liq otamurodov umid 222-rasm. Aralashmadagi etilenglikol miqdoriga nisbatan muzlash
haroratini bog‘liqlik grafigi
Etilenglikol miqdori 66,7% dan ko‘paysa sovitish suyuqligining muzlash haroratini ortishiga olib keladi, ya’ni–70 S–20 S gacha o‘zgarishi mumkin.
Muzlash harorati 40 S va 65 S bo‘lgan antifrizlar tarkibidagi etilenglikolning miqdori bilan farq qiladi. Muzlash harorati 40 S bo‘lgan antifrizlar tarkibida 53-55 % etilenglikol hamda qolganida distillangan suv va zanglashga qarshi qo‘shilmalar bo‘lib, och sariq rangga ega bo‘ladi.
Muzlash harorati 65 S bo‘lgan antifrizlar tarkibida 66% etilenglikol, qolganida distillangan suv va zanglashga qarshi qo‘shilmalar bo‘lib, to‘q sariq rangda bo‘ladi.
Yashil – ko‘kimtir «TOSOL A-40» va «TOSOL A-65» antifrizlar ham mavjud bo‘lib, ular ham etilenglikolni suv bilan aralashmasidir. Bu antifrizlarga 2,5 5,0 % zanglash va ko‘piklanishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shiladi.
Sovitish suyuqligining muzlash haroratini gidrometr yordamida aniqlanadi, 3-rasm.
Muzlash harorati, С.
Glikol hajmi, %
3-rasm. Gidrometr
a-glikolni hajmiy miqdorini o‘lchash shkalasi; b-muzlash haroratini o‘lchash shkalasi.
Avtomobillar sovitish tizimida ishlatiladigan antifrizlarning texnik ko‘rsatkichlari 4-jadvalda keltirilgan.
Past haroratda muzlaydigan sovitish suyuqqliklarining ko‘rsatkichlari
Avtomobil ashyolarini ishlatishda atrof muhit muhofazasi
Avtotransport korxonalarida avtomobillar atrof muhitni ifloslantiradi. Ichki yonuv dvigatellari yonilg‘ini iste’mol qilib atrof muhitga zaharli gazlar chiqaradi. Yerga to‘kilgan yonilg‘i, moyi, tormoz va sovitish suyuqliklari tuproq va suv havzalarini bulg‘aydi. Bitta yengil avtomobil bir yilda 10 000 km masofa bosib o‘tish uchun taxminan 380 kg uglerod oksidini, 110 kg uglevodorodni, 20 kg azot oksidi va chang qurumlarini tashqi muhita chiqarib tashlaydi. Zaharli moddalar atmosferani zaharlabgina qolmay, binolar, plastmassa va rezina mahsulotlarini parchalanishini tezlashtiradi. Ayniqsa qo‘rg‘oshin azot oksidi, oltingugurt birikmalari o‘simliklarni qurishiga olib keladi. Shu narsa aniqlanganki, havo tarkibidagi 0,08 0,10 mgm3 miqdorda oltingugurt ikki oksidini uzoq muddatda daraxtlarga ta’sir etganida, ularning qurib qolishiga olib kelgan.
Avtomobillarda qo‘llaniladigan ashyolarning atrof muhitga ta’sirini kamaytirish uchun atrof muhit muhofazasi bo‘yicha talablarni bilish va ularga rioya qilish nafaqat avtokorxonalarga balki barcha avtohavaskorlar ham muhimdir.
|
| |