|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qashqadaryo viliyati hududiy boshqarmasi qarshi tumani 2-son kasb-hunar maktabi himoyaga ruxsat etildi
|
bet | 17/23 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 5,66 Mb. | | #255684 |
Bog'liq otamurodov umid 22EKOLOGIK QISM
Avtomobilda qo‘llaniladigan ko‘pchilik ashyolar ma’lum darajada zaharli yoki xavfli hisoblanadi. Shu sababli ularni ishlatishda texnik xavfsizlik qoidalarini bilish va talablarga qat’iyan rioya qilish talab etiladi.
Avtomobilda ishlatiladigan yonilg‘i moylash mahsulotlarining (YOMM) asosiy manbai-neft hisoblanadi. Neftdan olingan birinchi mahsulot kerosinni aka-uka Dubininlar 1823-yili neftni haydash sodda qurilmasi yordamida olishga muvaffaq bo‘lishgan.
Neftning tashqi ko‘rinishi to‘q jigarrang, ayrim hollarda och zangori rangda bo‘lib, qovushqoq va moysimon suyuqlikdir.
Neftning kimyoviy tarkibi bo‘yicha uglerod (82..87%), vodorod (11. . 14%) oltingugurt (0,1 . . 7%), azot (0,01 . . . 1,8%), kislorod (0,05 . . . 1,0%) elementlaridan iborat.
Neftdan bevosita haydash usuli bilan: avtomobil, aviatsiya benzini va turli erituvchilar olishda ishlatiladigan benzin distillyatlari (qaynash haroroti 35 - 200S); reaktiv yonilg‘i hamda kerosinlar olinadigan legroin (110 . . . 230S) va kerosin (140 . . . 300S) distillyatlari; dizel yonilg‘isi olish uchun ishlatiladigan gazoyl (230 . . . 330S) va solyar (280 . . . 360S) distillyatlari olinadi. Dizel fraksiyalari haydab bo‘lingach, neftdan qoldiq mazut qoladi. Neftni 360S dan ortiq qizdirib bo‘lmaydi, chunki bunda uning tarkibidagi uglevodorodlar parchalana boshlaydi.
Ko‘p miqdorda (boshlang‘ich neftning 60 . . . 80% qismigacha) qoladigan mazutdan, uning kimyoviy tarkibiga qarab surkov moylari ishlab chiqarish uchun kimyoviy qayta ishlanadigan xom ashyolar olinadi, shuningdek mazut motor va qozonxonalar uchun yonilg‘i sifatida foydalaniladi. Mazutdan truba pechlarida, vakuum ostida qizdirib moylash mahsulotlari olinadi.
Distillyatlardan tayyor mahsulot olish uchun ular yana qayta ishlanadi, tozalanadi va turli qo‘shimchalar bilan aralashtiriladi.
Neftdan olingan barcha yonilg‘ilar turli qaynash haroratlariga ega bo‘lgan uglevodorodlarning murakkab birikmasidan tashkil topadi. Yonilg‘ining tarkibida juda past haroratda yengil bug‘lanadigan uglevorodlarning bo‘lishi, dvigatel ta’minlash tizimida yonilg‘i bug‘lari tiqini hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun yonilg‘i tarkibida yengil fraksiyalar tarkibi cheklanib, uning qaynay boshlash harorati 35 S dan past bo‘lmasligi talab etiladi.
Yonilg‘i tarkibida juda yuqori haroratda bug‘landigan uglevorodlarning miqdori ko‘p bo‘lishi, yonilg‘ining to‘liq yonmasligiga sabab bo‘lib, dvigatelning detallarida qurum hosil bo‘ladi. Shuning uchun benzin tarkibida og‘ir fraksiyalar miqdori cheklanib, ular 195 S da to‘liq bug‘lanishi shart.
Dvigatelni yengil o‘t olishi, qizishi, yonilg‘i tejamkorligi va yeyilishga chidamligi benzin fraksiyasi tarkibiga bog‘liq. Yonilg‘i hajmining haroratga bog‘liq holda o‘zgarishi yonilg‘ining fraksiya tarkibi deb ataladi.
Yonilg‘i tarkibidagi uglevodorlar bug‘lanuvchanligi bo‘yicha uch fraksiyaga bo‘linadi: o‘t oldirish, ish va qoldiq. Bu uch fraksiya o‘z navbatida beshta asosiy nuqtalar bilan baholanadi, 1-chizma.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qashqadaryo viliyati hududiy boshqarmasi qarshi tumani 2-son kasb-hunar maktabi himoyaga ruxsat etildi
|