O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qashqadaryo viliyati hududiy boshqarmasi qarshi tumani 2-son kasb-hunar maktabi himoyaga ruxsat etildi




Download 5,66 Mb.
bet13/23
Sana28.05.2024
Hajmi5,66 Mb.
#255684
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
otamurodov umid 22

Yetaklanuvchi disk



Yetaklanuvchi disk gupchak bilan buralma tebranishlarni so‘ndirgich detallari orqali bog‘lanib, ular orasida qayishqoq aloqani ta’minlaydi.
Yetaklanuvi diskning chupchagi uzatmalar qutisi yetakchi valining shlitsasiga o‘rnatilgan. Uning gardishida oltita to‘g‘ri burchakli va uchta taqasimon darchalar ochilgan. Ular orqali buralma tebranishlarni so‘ndirgichning tayanch barmoqlari (12) o‘tadi va dempferning old plastinkasi (3) ni yetaklanuvchi disk bilan bog‘laydi.
Yetaklanuvchi disk va so‘ndirgich plastinkalarida ham gupchakdagi singari to‘g‘ri burchakli derazachalar bo‘lib, ularda prujinalar (2) joylashgan. Gupchakning maxovik turgan tomonida friksion vtulka (9) qarshi tomonda esa friksion halqa (8) o‘rnatilgan. So‘ndirgichning prujinasimon shaybasi (11) po‘lat tayanch halqa (10) orqali gupchak bilan friksion halqa orasida doimiy ishqalanish momenti hosil qiladi.
Buralma tebranishlar disk (4) ning gupchak (1) ga nisbatan siljishida hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchi va prujinaning qayishqoqligi hisobiga so‘ndiriladi.
TICO avtomobilida ilashish muftasining trosli mexanik yuritmasidan foydalanilgan.

4-rasm. Ilashish muftasining yuritmasi
1-ajratish pedali; 2-bolt; 3-ayri; 4-tros qobig‘i mahkamlash buferi; 5-tros qobig‘i;
6-kronshteyn; 7-kontragayka; 8-muhofazalovchi g‘ilof; 9-rezbali uchlik;
10-ilashgich muftasining ajratish pishongi; 11-gayka.
Ilashish muftasi o‘chiruvchi podshipnik bilan birga yig‘ilgan bosuvchi mufta karterining yo‘naltiruvchi vtulkasida joylashtirilgan.
Prujina yordamida ilashish muftasining ayrisi 8 ajratuvchi muftaning turtib chiqqan joyiga bosib qo‘yilgan. Ilashish muftasini ajratuvchi ayri vali uzatmalar qutisining karterida o‘rnatilgan vtulka 9 da aylanadi. Ilashish muftasini ajratuvchi ayri vlining pastki qismiga klemmali qisqich yordamida ajratish pishanchi 15 mahkamlangan bo‘lib, u tros 14 ga bog‘langan. Tros 14 qobiq 5 ning ichiga o‘rnatilgan bo‘lib, uning ikki uchiga uchliklar mahkamlangan.
Trosning yuqorigi uchligi o‘q 2 ga osilgan tepki 1 ning sirg‘asi 3 bilan bog‘langan. Trosning rezbali pastki uchligi esa ajratish pishongi 15 ga bog‘langan. Trosning qobig‘idagi turtib chiqqan qismi rezina g‘ilof 13 bilan himoyalangan. Trosning qobig‘i siljimasligi uchun rezina buferlar 4 qo‘yilgan.
Ilashish muftasining yuritmasidagi rezina detallar, uning qismlarini tebranishdan saqlab, shovqinni kamaytirish bilan birga yuritmaning elastikligini ta’minlaydi. Shuning uchun ayrim hollarda pedalga qo‘yilgan kuch bo‘yicha uning erkin yo‘lni aniqlash qiyin bo‘ladi. Shu sababli erkin yo‘lni aniqlash va rostlash ajratish ayrisining pishangida bjariladi.


  1. Download 5,66 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Download 5,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qashqadaryo viliyati hududiy boshqarmasi qarshi tumani 2-son kasb-hunar maktabi himoyaga ruxsat etildi

Download 5,66 Mb.