|
KERAKLI O‘QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR
|
bet | 14/23 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 5,66 Mb. | | #255684 |
Bog'liq otamurodov umid 22KERAKLI O‘QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR:
Ish o‘rnini tashkil etish
Texnologik jarayonni to‘g‘ri va muvafaqqiyatli bajarish ish o‘rnini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etish lozim. Ish o‘rni-ishlab chiqarish sexi, avtokorxona yoki avtoservisning bir qismini tashkil qilib, bir yoki bir necha ishchilarga biriktiriladi. Kasb-hunar kollejlarida esa laboratoriya yoki o‘quv amaliyoti kollej ustaxonasida tashkil etilib, guruh guruhchalarga bo‘linib, guruhcha sardori tayinlanadi va ish o‘rniga javobgar bo‘ladi.
Ish o‘rnini tashkil etishdagi talablar:
ish o‘rniga o‘rnatilgan dastgohning balandligi o‘quvchi uchun qulay va ish bajarishni ta’minlash kerak;
asbob-uskunalar qo‘l yetadigan qulay bo‘lishi;
ish qurollari ma’lum tartibda, bir joyda turishi, toza va soz holatda bo‘lishi;
ish o‘rnida ortiqcha narsalarni bo‘lmasligi;
ish predmeti bilan ishchining ko‘zi orasidagi masofa 450-550 mm bo‘lishi;
asboblar shkafi va dastgohlarida tortma qutilar bo‘lishi;
ish o‘rni bir me’yorda yoritilishi;
xona harorati me’yorda bo‘lishi;
ish o‘rni toza va tartibli bo‘lishi;
yong‘inga qarshi vositalar bilan ta’minlanishi;
tibbiy dori-darmonlar bilan ta’minlanishi;
Ishchi kiyimi havo – bug‘ o‘tkazadigan, ishchini tashqi muhitning noqulay ta’siridan asrashi, xarakatga halaqit bermasligi kerak. Ish boshlash oldidan yeng tugmalar qadalgan, kiyim etaklari yoyilmagan, soch bosh kiyim ostiga olingan bo‘lishi zarur. Oyoq kiyim oyoqdan chiqmaydigan, sirpanmaydigan, ifloslanish va jarohatlanishdan saqlay olishi lozim.
|
| |