|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qashqadaryo viliyati hududiy boshqarmasi qarshi tumani 2-son kasb-hunar maktabi himoyaga ruxsat etildi
|
bet | 12/23 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 5,66 Mb. | | #255684 |
Bog'liq otamurodov umid 22TEXNIKA
XAVFSIZLIGI
Ilashish muftasi
Ilashish muftasi uzatmani almashtirish yoki tormozlash vaqtida qisqa muddatga dvigatelni transmissiyadan ajratish hamda avtomobilni joyidan qo‘zg‘otish paytida ularni ohista qo‘shishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, ilashish muftasi dvigatel ajratilmagan holda avtomobil keskin tormozlanganda yoki joyidan keskin qo‘zg‘olganda yuzaga keladigan ortiqcha yuklamalardan transmissiyani asraydi. Ilashish muftasi yetakchi va yetaklanuvchi disklar orasida vujudga keladigan ishqalanish kuchi hisobiga burovchi momentni kuch uzatmasiga uzatadi. TICO avtomobilida bir diskli, quruq, diafragma turidagi markaziy bosuvchi prujinali va yetakchi diskda aylanma tebranishlarni so‘ndirgichi bor ilashish muftasidan foydalanilgan.
1-ilashish muftasi karteri; 2-maxovik; 3-tirsakli val flanetsi; 4-yetaklanuvchi disk; 5-uzatmalar qutisining yetakchi vali; 6-siquvchi prujina; 7-yetaklanuvchi disk; 8-ilashish muftasini ishga tushirish podshipnigi; 9-uzatmalar qutisi yetaklovchi valining podshipnigi; 10-uzatmalar qutisining yetaklanuvchi vali; 11-birlashtirish bo‘g‘ini; 12-ilashish muftasi.
Ilashish muftasi mexanizm va yuritmadan tashkil topgan. Yetakchi qism maxovik (2) tirsakli val (3) siquvchi disk va maxovikka boltlar bilan mahkamlangan g‘ilof (12) dan tashkil topgan.
Yetaklanuvchi qismga uzatma qutisining yetakchi vali (5) ga o‘rnatilgan yetaklanuvchi disk (4) kiradi. Ilashish muftasining yetaklanuvchi diski maxovikka siquvchi disk orqali diafragmali prujina (6) bilan bosiladi. Bu ilashish muftasining yetakchi va yetaklanuvchi qismlarini bir-biriga jips yopishishini va zarur ishqalanish momentini uzatmalar qutisining yetakchi valiga uzatish imkonini beradi.
2-rasm. Ilashish muftasining qobig‘i va yetaklanuvchi disk
1-ilashish muftasi qobig‘i; 2-siquvchi prujina; 3-siquvchi yetakchi disk; 4-biriktiruvchi plastina; 5-siquvchi prujinaning tayanch halqalari; 6-yetaklanuvchi disk; 7-yetaklanuvchi disk gupchagi; 8-friksion qoplamalarning parchinmixi.
Siquvchi disk (3) uchta plastinkasimon prujina (4) yordamida g‘ilof bilan bog‘langan (2-rasm).
Bunday elastik aloqa burovchi momentni ilashish mufta g‘ilofidan siquvchi diskka uzatish bilan birga, ilashish muftasining uzish jarayonida siquvchi diskning g‘ilof ichida o‘q bo‘ylab xarakatlanishini ham taminlaydi.
Ilashish muftasining g‘ilofi (1) po‘latdan shtamplanib tayyorlanadi. G’ilofni maxovikka bolt bilan qotiriladi, bunda shtiftlar uchun uning tashqi gardishida teshiklar qilingan.
Ichki gardishlarda esa turtib chiqqan joylari bo‘lib, ularning uchini g‘ilofning ichki tomoniga bo‘lish hisobiga tayanch halqalar (5) uchun uyachalar hosil qilingan. Siquvchi prujinali po‘lat taxtalardan konus shaklida shtampalab kesilgan.
Siquvchi prujinaning ichki qismidagi radial kesiklar prujinaning tashqi yuzasida gulbarglar hosil qiladi va ular ilashish muftasining ajratuvchi ilashish vazifasini bajaradi. Siquvchi disk (3) cho‘yandan quyib tayyorlangan.
Burovchi moment dvigateldan uzatma qutisining yetakchi valiga ilashish muftasining yetaklanuvchi diski orqali uzatiladi. Uzatmalarning ravon qo‘shilishini ta’minlash uchun yetaklanuvchi disk qayishqoq qilib ishlangan.
Ilashish muftasi uzilganda yetaklanuvchi disk gubchasi o‘q bo‘ylab uzatma qutisining yetakchi valining shlitsasi bo‘yicha xarakatlanadi. Yetakchi disk (4) ga po‘lat parchin mix bilan 8 ta taram-taram yuzaga esa bo‘lgan prujinali plastinkalar (6) parchinlangan. Bu plastinkalarga ikkala tomonidan friksion qoplamalar parchin mixlar yordamida mahkamlangan.
Parchin mix kallakchalari qoplamalarning ish yuzasiga nisbatan 1,352,1 mm ga chuqurroq joylashadi. Burilma tebranishlarni so‘ndirgich (dempfer) avtomobilning tezligi keskin o‘zgarganda transmissiya elementlarida yuzaga keladigan qo‘shimcha yuklamalarni kamaytirish uchun xizmat qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qashqadaryo viliyati hududiy boshqarmasi qarshi tumani 2-son kasb-hunar maktabi himoyaga ruxsat etildi
|