|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qashqadaryo viliyati hududiy boshqarmasi qarshi tumani 2-son kasb-hunar maktabi himoyaga ruxsat etildi
|
bet | 20/23 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 5,66 Mb. | | #255684 |
Bog'liq otamurodov umid 22Havo harorati, S.
SAE10 W
|
- 20 dan Q 10 gacha
|
SAE 20 W – 20
|
- 5 dan Q 20 gacha
|
SAE 30
|
0 dan Q 30 va undan yuqori
|
SAESW – 20
|
- 35 dan 0 gacha
|
SAESW – 30
|
- 35 dan Q 10 gacha
|
SAE10W – 30
|
- 30 dan Q 10 gacha
|
SAE10 W – 40
|
- 20 dan Q 40 va undan yuqori
|
SAEW 10 W – 50
|
- 20 dan Q 40 va undan yuqori
|
SAE 15 W – 40
|
- 25 dan Q 40 va undan yuqori
|
SAE15W – 50
|
- 25 dan Q 40 va undan yuqori
|
SAE20W - 40
|
0 dan Q 40 va undan yuqori
|
SAE 20W – 50
|
0 dan Q 40 va undan yuqori
|
Plastik surkov moylari uch komponentda kolloidli tizimdan iborat bo‘lib, 70 90 % suyuq asos (moy) dan, 10 15 % quyultirilgich va 15 % gacha struktura shakllantirgichlar va qo‘shimcha sifatida qo‘shilma va to‘ldirgichlardan iborat bo‘ladi.
Dispersion muhit sifatida kam yoki o‘rta qovushqoqlikga ega bo‘lgan neftdan olingan yoki sintetik moylar, hamda ularning aralashmasidan iborat bo‘lgan moylar ishlatiladi.
Quyultirgich sifatida yuqori molekular yog‘li kislotaning tuzlari – sovun, qattiq uglevodorodlar – serezin, petrolotumlar va ayrim organik hamda noorganik mahsulotlar ishlatiladi.
GOST 23258 – 78 tasnifiga asosan surkov moylari vazifasi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
antifriksion, ishqalanish va yeyilishni kamaytiruvchi;
himoyalovchi (konservatsion), metallarni zanglashdan saqlovchi;
zichlovchi, mexanizm v agregatlardagi tirqishlarni zichlovchi;
kontaktlar uchun, po‘lat simli troslarni moylovchi;
Antifriksion surkov moylar vazifasi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
S – umumiy vazifali;
M – ko‘p maqsadli (-30 S dan 130 S gacha);
J – termik barqaror (150 S va undan katta);
N – sovuqbardosh (-40 S dan past);
I – yeyilishga chidamli;
P – priborlar uchun;
D – chiniqtiruvchi (disulfit molibdenli);
X – kimyoviy jarayonga bardoshli.
Himoyalovchi (konservatsion) surkov moylari indeksida «Z» harfi bilan, kapot surkov moylari esa ideksda «K» harfi bilan belgilanadi.
Zichlovchi surkov moylari uch guruhga bo‘linadi:
A – armatura uchun;
R – rezbali birikmalar uchun;
V – vakuum muhit uchun.
Surkov moylari tasnifiy belgilanishi quyidagi misolda ko‘raylik. Litol – 24 – MLi 413-3 surkov moyini quyidagicha tahlil qilinadi: M-antifriksion ko‘p maqsadli; Li-litiyli sovun bilan quyultirilgan; 413 – ishlash qobiliyatini saqlash harorati – 40 dan 130 gacha; dispersion muhit indeksining mavjud emasligi – neft mahsulotidan tayyorlanganligini anglatadi; 3 – surkov moyi quyuqligining shartli guruhi.
Sintetik solidollarning kolloid barqarorligi yaxshi bo‘lishi bilan birgalikda uning mexanik barqarorligi past bo‘ladi. Solidolning ish qobiliyatini saqlash harorati katta bo‘lmay 5090 S dan ortmaydi.
Maxsus vazifaga mo‘ljallangan №158, A3-31, ASS-15, SHRB-4 surkov moylari – yopiq bo‘g‘inlarni moylash uchun, ilashish muftasi podshipniklarida, elektr jihozlari asboblarida, kardanli uzatmaning ninasimon podshipniklarida, osma va rul boshqarmasining sharnirlarida ishlatiladi. SHRUS – 4 surkov moyi burchak tezligi teng bo‘lgan yuritma sharnirlarida ishlatiladi.
Past haroratda ko‘p maqsadli SIATIM – 201, SIATIM-203, Zimol, Lita, Uniol – 3M surkov moylari ishlatiladi.
Ishqalanish yuzalarida harorat 250 350 S ga yetadigan bo‘g‘inlarda SIATIM – 221, VNIINP – 207 va VNIINP – 236 surkov moylari ishlatiladi.
Surkov moyining sifatini aniqlash usullari surkov moyida aralashmalar mavjudligini quyidagi usullarda aniqlanadi:
Surkov moyini bir jinsli ekanligini aniqlash uchun, namunaviy surkov moyi shishaga 1 2 mm qalinlikda surtilib, yorug‘likga qaratib ko‘zdan kechiriladi. Surkov moyining tarkibida moy tomchilari, qattiq birikmalar bo‘lmasligi kerak.
Surkov moyida suv mavjudligini aniqlash uchun, quruq va toza shisha idishga surkov moyi solinib, uning ichiga termometrni o‘rnatib, idish bo‘g‘zi surkov moyi solingan idishni bir daqiqada 10 20 S ga qizdirib, undan havo chiqariladi. Surkov moyi suyuqlikga aylanganida qizdirshni bir daqiqada 70 S ga ko‘tarilib, harorat 180 S ga yetganida qizdirish to‘xtatiladi. Suyuqlikni qizdirish paytida tirsillagan tovush chiqsa, surkov moyi tarkibida suv mavjudligidan dalolat beradi.
Past haroratda muzlaydigan sovitish suyuqliklari (antifriz) etilenglikolni distillangan suv bilan aralashmasidan tayyorlanadi. Bu sovitish suyuqliklari dvigatelni ishonchli sovitish bilan birga, sovitish tizimi detallarini moylash xususiyatiga ham egadir. Lekin antifrizlar detallarni zanglashiga katta ta’sir etadi va qiziganida hajmi ortadi. Shu sababli antifrizlarga zanglashga qarshi qo‘shilmalar qo‘shiladi va sovitish tizimida kengaytirish idishi qo‘llaniladi.
Antifriz tarkibidagi etilenglikol miqdorini 66,7 %gacha ko‘paytirganda, muzlash harorati – 70 S gacha tushadi, 2-rasm.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qashqadaryo viliyati hududiy boshqarmasi qarshi tumani 2-son kasb-hunar maktabi himoyaga ruxsat etildi
|