-chizma. Avtomobil benzinning fraksiya tarkibi




Download 5,66 Mb.
bet18/23
Sana28.05.2024
Hajmi5,66 Mb.
#255684
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
otamurodov umid 22

1-chizma. Avtomobil benzinning fraksiya tarkibi

Yonilg‘ini qaynay boshlashidan, 10 % gacha qaynab bug‘languncha bo‘lgan fraksiyasi-dvigatelni o‘t oldirish fraksiyasi deb ataladi. Bu fraksiyaning ma’lum miqdori dvigatelni o‘t oldirish va qizdirish uchun kerak bo‘ladi. Yonilg‘ining 10 % bug‘lanish harorati yozgi nav benzinlarda 70 S dan, qishqi nav benzinlarda 55S dan yuqori bo‘lmasligi kerak.


Yonilg‘ining 10% dan 90% gacha qismini bug‘lanishi ish fraksiyasi deb ataladi. Ish fraksiyasining 50% qaynash nuqtasi qancha past bo‘lsa, yonilg‘ining tarkibi shuncha bir xil bo‘ladi va dvigatel turg‘un ishlaydi. Benzinning 50% bug‘lanish harorati qanchalik yuqori bo‘lsa, dvigatelning quvvati shunchalik kamayadi. Me’yoriy talabga binoan yozgi nav benzinlar uchun bu harorat 115S, qishki nav uchun 100S dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Benzinni 90 % qaynab bug‘lana boshlashidan, bug‘lanishning oxirigacha og‘ir uglevodorodlar bug‘lanadi. Bu nuqtalar orasidagi harorat farqi qancha kam bo‘lsa, yonilg‘ining sifati va dvigatel tejamkorligi yuqori bo‘ladi. Yonilg‘ida og‘ir uglevodorodlarning ko‘p bo‘lishi, ularni suyuq tomchi holatda qolib, porshen halqalari orasidan benzinni karterga o‘tib, detallarni yeyilishi va yonilg‘i sarfini oshiradi. Bu harorat yozgi nav benzinlar uchun 180S, qishki nav benzinlar uchun 160S dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Qaynash tugashi yuqori sifatli benzinlarda 97,898 % ni tashkil etib, yozgi benzinlar uchun 195 S, qishki nav uchun 185S dan oshmasligi kerak.
Dvigatelga yonilg‘i navini to‘g‘ri tanlash muhim omillardan biri hisoblanadi. Yonilg‘i me’yoriy yonganda, alanga 2535 ms tezlikda tarqaladi va gazlar harorati 15002400 S ni tashkil etadi. Yonilg‘i navi dvigatelga noto‘g‘ri tanlanganida, me’yoriy yonish jarayoni buzilib, portlab yonishi, ya’ni detonatsiyali yonish sodir bo‘ladi. Detonatsiyada yonish fazasining oxirida alanga 15002000 ms tezlikda tarqaladi. Dvigatelni detonatsiya bilan ishlashi detallarni tezda ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
Yonilg‘i sarfini ortishiga uning zichligi va qovushqoqligi katta ta’sir ko‘rsatadi.
Harorat pasayganida benzin qovushqoqligi ortadi: masalan yoz mavsumiga nisbatan qish mavsumida benzinning qovushqoqligi 1,5 marotaba ortib, benzin sarfini kamaytiradi. Shu bilan bir vaqtda benzinning zichligi ortishi hisobiga benzin sarfi ortadi. Lekin harorat pasayganida benzin qovushqoqligini o‘zgarishi benzin zichligiga nisbatan katta bo‘lganligi sababli, yonilg‘i sarfiga foydali ta’sir etadi.
Turli yonilg‘ilarning zichligi va qovshqoqligi 1-jadvalda va xorijda ishlatiladigan benzinlar 2-jadvalda keltirilgan.
1-jadval.

Download 5,66 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Download 5,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-chizma. Avtomobil benzinning fraksiya tarkibi

Download 5,66 Mb.