• Xorijiy mamlakatlar benzinlari
  • Oktan soni
  • Moy markasi
  • Yonilg‘ilar zichligi va qovushqoqligi




    Download 5,66 Mb.
    bet19/23
    Sana28.05.2024
    Hajmi5,66 Mb.
    #255684
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
    Bog'liq
    otamurodov umid 22

    Yonilg‘ilar zichligi va qovushqoqligi

    Yonilg‘i

    Zichligi kgm3 (20 S)

    Dinamik qovushqoqlik, MPa S, (20S).

    Avtomobil benzini

    730780

    0,550,62

    Reaktiv yonilg‘i

    750840

    1,53,3

    Dizel yonilg‘i

    830875

    1,56,0

    Mazut

    9501060

    100170

    2-jadval


    Xorijiy mamlakatlar benzinlari
    Mamlakat

    Benzinning nomi
    Oktan soni

    Tadqiqot usuli

    Motor usuli

    Avstriya

    Super

    97 . . . 98

    -

    Doimiy

    88 . . . 92

    82 . . . 87

    Braziliya

    Super

    90

    82

    Doimiy

    80

    73

    Angliya

    Besh yulduzli

    100

    90 . . . 93

    To‘rt yulduzli

    97

    91

    Uch yulduzli

    94

    86

    Ikki yulduzli

    90

    84 . . . 86

    Italiya

    Super

    98 . . . 99

    88 . . . 92

    Doimiy

    85 . . . 88

    82 . . . 84

    AQSH

    Super

    96 . . . 102

    86 . . . 94

    Doimiy

    90 . . . 96

    82 . . . 90

    Etillanmagan

    91 . . . 93

    82 . . . 85

    Fransiya

    Super

    97 . . . 99

    87 . . . 88

    Doimiy

    89 . . . 91

    80 . . . 83

    Germaniya

    Super

    98 . . . 99

    88 . . . 89

    Doimiy

    91 . . . 93

    84 . . . 86

    Ichki yonuv dvigatellarining kuchaytirilgan darajasiga qarab olti guruhda (A, B, V, G, D, YE) motor moylari ishlab chiqariladi va ular tarkibidagi qo‘shilmalari bilan farqlanadi.
    A guruhdagi moylar tarkibida 3 %gacha qo‘shilmalar mavjud bo‘lib, kuchaytirilmagan dvigatellarda qo‘llaniladi.
    B guruhlagi moylarga 6 %gacha qo‘shilmalar qo‘shilib, kam kuchaytirilgan dvigatllarda ishlatishga mo‘ljallangan.
    A va B gruhdagi motor moylari dizel dvigatellarda ishlatilmaydi.
    V guruhdagi moylarga 8 %gacha qo‘shilmalar qo‘shilib, o‘rta kuchaytirilgan dvigatellarda ishlatiladi.
    G guruhdagi moylarga 14 %gacha qo‘shilmalar qo‘shiladi va yuqori kuchaytirilgan dvigatellarda foydalaniladi.
    D guruhdagi moylarga 18 %gacha qo‘shilmalar qo‘shiladi va og‘ir sharoitda ishlaydigan, yuqori kuchaytirilgan dizel dvigatellarida ishlatiladi.
    YE guruhdagi moylarga 25 %gacha qo‘shilmalar qo‘shiladi va tarkibida 3,5 % oltingugurt bo‘lgan, og‘ir yonilg‘ida ishlaydigan, dizel dvigatellarida ishlatiladi.
    Moylarning ekspluatatsiya xususiyatlarini yaxshilash maqsadida ularga maxsus qo‘shilmalar qo‘shiladi. Qo‘shilmalar o‘z xususiyatlari bo‘yicha: qovishqoqlikni oshiruvchi, depressor, yuvuvchi, oksidlanishga qarshi, zanglashga (korroziya) ga qarshi, yeyilishga qarshi, ko‘piklanishga qarshi va chiniqtiruvchi turlarga bo‘linadi.
    Qovushqoqlikni oshiruvchi qo‘shimcha sifatida quyuqlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan, molekular massasi 10  20 ming bo‘lgan poliizobutilendan foydalaniladi.
    Depressor qo‘shilma past haroratda moyning oquvchanligini yaxshilab, quyuqlashish haroratini pasaytiradi. Moy tarkibida yuqori haroratda eriydigan qattiq uglevodorodlar (parafin va serezin) kam miqdorda mavjud bo‘lib, past haroratda kristal panjara hosil qilib, moy oquvchanligini qiyinlashtiradi. Moy tarkibidagi depressor qo‘shilmalarning molekulalari paydo bo‘la boshlagach kristallarni o‘rab olib, kristal panjara hosil bo‘lishini oldini oladi.
    Yuvish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shilmalar dvigatelning detallarida qurumlarni va lak qatlami hosil bo‘lishini oldini oladi. Yuvuvchi qo‘shilmalar moy tarkibida hosil bo‘lgan mayda smolali-asfalt mahsulotlarini o‘rab olib, ularni detallarga yopishib qolishdan saqlaydi.
    Oksidlanishga qarshi qo‘shilmalar moyning kimyoviy barqarorligini oshiradi. Moy tarkibidagi fosfor, oltingugurt va boshqa metallar oksidlanish reaksiyasini to‘xtatib, metalni oksidlanish jarayoniga katalitik ta’sirini pasaytiradi.
    Korroziyaga qarshi qo‘shilmalar tarkibiga oltingugurt va fosfor kirib, ular metall yuzasida fosfid va sulfit qatlamni hosil qilish hisobiga antifriksion qatlamni muhofaza qiladi.
    Yeyilishga qarshi qo‘shilma sifatida oltingugurt, xlor va fosfor birikmalari ishlatiladi. Birikmalar metal bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, yuzada yupqa chegaraviy qatlam hosil qiladi. Bu qatlam detallarning yuzalarini bevosita tutashini oldini olib, yeyilishni kamaytiradi.
    Chiniqtiruvchi qo‘shilmalar ishqalanish yuzalarida chegaraviy adsorbsiya qatlami hosil qilishga asoslangan bo‘lib, detallarning yuzalaridagi mikro g‘adir-budirliklarni tekislanishini tezlashtirib, mustahkamligini oshirish bilan birgalikda, yeyilishga chidamligini oshiradi.
    GOST 17479.1-85 bo‘yicha motor moylari quyidagicha markalanadi: Masalan: M-8-V1, - «M» harfi, motor moyi ekanligi, 8 raqami, qovushqoqlik sinfini, «V» harfi va indeksdagi 1 raqami, ekspluatatsiya xususiyati bo‘yicha «V» guruhga mansubligi va o‘rta kuchaytirilgan karburator dvigatellarida ishlatilishini bildiradi.
    M-10 G2 – «M» - harfi, motor moyi ekanligi, 10 raqami, qovushqoqlik sinfini «G2» harfi bilan va indeksidagi 2 raqami, ekspluatatsiya xususiyati bo‘yicha «G» guruhga mansubligi va yuqori kuchaytirilgan dizel dvigatellarida ishlatilishini bildiradi.
    M-6310-V – «M» harfi motor moyi ekanligi, qovushqoqlik sinfi 6310, «Z» harfi moyning tarkibida quyuqlashtiruvchi qo‘shilma mavjudligi va qishki yoki umum mavsum moyi ekanligi, indekssiz «V» harfi universal, ya’ni o‘rta kuchaytirilgan karburator va dizel dvigatellarida ishlatilishini anglatadi.
    Amerika qo‘shma shtatlari (ARI) tasnifi bo‘yicha motor moylari ikki toifaga bo‘linadi: «S»-servis: «S»-tijorat.
    S (Service Station) moylari karburator (benzinli) dvigatellarida, S (Commercial) moylari dizel dvigatellarida ishlatiladi. SAE motor moylarini ishlatish sharoiti 3-jadvalda keltirilgan.
    3-jadval.
    Moy markasi


    Download 5,66 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 5,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yonilg‘ilar zichligi va qovushqoqligi

    Download 5,66 Mb.