23
firmalar va jamoaga maishiy xizmat koʻrsatuvchi korxonalar rivoj topmoqda. Bunga
misol “Dji Em Oʻzbekiston” yengil mashinalar ishlab chiqaruvchi korxonasidir.
Bundan buyon ham ishlab chiqarish korxonalari faqat bozor iqtisodiyoti talablariga
javob bergan holda rivoj topadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi va Senatining
2010-yil 27-yanvar kuni boʻlib oʻtgan qoʻshma majlisidagi ,,Mamlakatni
modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish ustuvor
maqsadimiz” hamda Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-yanvar kuni boʻlib
oʻtgan majlisidagi ,,Asosiy vazifamiz Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz
farovonligini yanada yuksaltirishdir” mavzularida belgilangan
vazifalaridan kelib
chiqib iqtisodiyotimiz yaqin yillar ichida yana-da barqaror, oʻziga baquvvat, jahon
va mintaqaviy bozorlarda raqobatdosh boʻlmogʻi uchun iqtisodiyotimizni tarkibiy
oʻzgartirish va diversifikatsiya qilish boʻyicha hali koʻp ish qilish lozimligini, bu
oʻrinda, mamlakatimiz va mintaqamizdagi mavjud tabiiy-iqlimiy va ijtiomiy
sharoitdan kelib chiqqan holda, gazni qayta ishlash, neft-kimyo,
kimyo sanoati,
energetika, avtomobilsozlik elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, farmatsevtika
kabi zamonaviy sohalar va ishlab chiqarish tarmoqlarini va albatta,
axborot
texnologiyalari va telekomonikatsiya tizimlarini jadal rivojlantirishga alohida
ahamiyat berilmogʻi zarur.
Mashinasozlik korxonalarida yangi progressiv texnologiya bilan bir qatorda
hozirgi zamon talabiga javob bera olmaydigan ayrim texnologiya va uskunalar
mavjud. Bularning hammasi, oʻz navbatida, sifatli mashina va mexanizmlar ishlab
chiqarish hamda mehnat unumdorligini oshirishga salbiy taʼsir etib kelmoqda.