• 2.2. Ishlab chiqarishni texnologik jihatdan tayyorlash.
  • Ishlab chiqarishni texnik jihatdan tayyorlash
  • Ishlab chiqarishni texnologik jihatdan tayyorlash
  • Kalendar reja
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Yоrdamchi yurish – bu texnologik o‘tishning tugallangan qismi bo‘lib, kesuvchi 
    asbobning ishlov berilayotgan zagotovkaga nisbatan bir marta yurishi natijasida 
    sirtning shakli, o‘lchamlari va sifati, zagotovkaning xossalari o‘zgarmaydi, biroq 
    ishchi yurishni amalga oshirish uchun zarur hisoblanadi. 
    2.2. Ishlab chiqarishni texnologik jihatdan tayyorlash. 
    Ishlab chiqarilayotgan mahsulotni shu korxonada tayyorlash yoki taʼmirlash 
    uchun barcha ishlab chiqarish qurollari va odamlar harakatlarining yigʻindisi ishlab 
    chiqarish jarayoniga kiradi. Ishlab chiqarish jarayonining tarkibiga mahsulotni 
    tayyorlash va yigʻish, sifatni nazorat qilish, saqlash va tayyorlash davomidagi barcha 
    harakatlar, ish joyini va uchastkaning taʼminlashini va xizmat vazifasini tashkil 
    etish, ishlab chiqarishning barcha boʻlimlarini boshqarish hamda ishlab chiqarishni 
    har tomonlama texnik jihatdan tayyorlash ishlari kiradi. Ishlab chiqarishni texnik 
    jihatdan xomakisdan turib ratsional ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish mumkin 
    emas. Ishlab chiqarishni texnik jihatdan tayyorlash. Bu jarayon quyidagilarni 
    oʻzi ichiga oladi: konstruktorlik, texnologik va ishlab chiqarish jarayonini kalendar 
    rejalashtirish. Ishlab chiqarishni konstruktorlik jihatdan tayyorlash mashina 


    21 
    konstruksiyasini ishlab chiqish va mahsulotning umumiy yigʻma chizmasini, uning 
    alohida detallarining va yigʻma elementlarining chizmalarini yaratish va ishlab 
    chiqarishni kerakli konstruktorlik hujjatlar bilan taʼminlashdir. Ishlab chiqarishni 
    texnologik jihatdan tayyorlash, yaʼni mahsulotni belgilangan muddatda
    koʻrsatilgan sifatda, belgilangan hajmda va belilangan harajatlar bilan ishlab 
    chiqarish uchun korxonani texnologik jihatdan tayyorlashni taʼminlovchi oʻzaro 
    bogʻliq boʻlgan jarayonlar yigʻindisi tushuniladi. Kalendar reja deb ishlab 
    chiqarish jarayonini kam sarf bilan, kerakli hajmda va koʻrsatilgan muddatda 
    mahsulotni ishlab chiqarishga aytiladi. Texnik jihatdan ishlab chiqarishni 
    masʼuliyatli va koʻp mehnat sarflanadigan qismi texnologik loyihalashdir, uning 
    ish hajmi umumiy texnik tayyorgarlik ish hajmining 30-40% tashkil qiladi (yakka 
    tartibli ishlab chiqarishda). Seriyali ishlab chiqarishda bu koʻrsatkich 40-50% va 
    ommaviy ishlab chiqarishda 50-60% ni tashkil qiladi; buning sabablari - texnologik 
    jarayonni loyihalashda mahsulotning hajmini oshirish bilan uning ish hajmining ham 
    oshishi, yaʼni seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda texnologik hujjatlarni 
    atroflicha sinchiklab tahlil qilib yozilishi va undan tashqari texnologik jihozlarning 
    birmuncha murakkablashishi taʼsir qiladi. Aksariyat holatlarda texnologik 
    loyihalashning ish hajmi mashinaning konstruksiyasini yaratishdagi ish hajmiga 
    bogʻliq boʻladi.
    Mashinaning 
    konstruksiyasini 
    yaratish 
    va 
    texnologik 
    jarayonni 
    loyihalashning ish hajmi haqidagi maʼlumotlar 1.1-jadvalda berilgan.
    1-jadval. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish