• Komplekt (butlik)
  • Konstruktorlik yigʻma birlik
  • Texnologik yigʻma birlik yoki uzel
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Kompleks (majmua) - mahsulotning ikki yoki undan ortiq ixtisoslashtirilgan 
    qismlari boʻlib, ular ushbu mahsulotni tayyorlovchi korxonada yigʻish operatsiyasi
    orqali bir-biri bilan biriktirilmaydi, biroq oʻzaro bogʻliq boʻlgan ekspluatatsion 
    funksiyani bajarish uchun moʻljallangan boʻladi. Masalan: avtomatik oqim, sex - 
    avtomat, SDB (CHPU)-sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning panellari 
    va boshqalar. 
    Komplekt (butlik) - ikki yoki undan ortiq mahsulotlardan iborat boʻlib, ular 
    ishlab chiqarish korxonasida yigʻish operatsiyasi orqali oʻzaro biriktirilmagan 
    buyumlar toʻplamidan iborat boʻladi va yordamchi xususiyatga ega boʻlgan umumiy 
    ekspluatatsion vazifani bajarish uchun moʻljallangan boʻladi. Masalan: ehtiyot 
    qismlar, asbob-uskunalar, oʻlchash vositalari toʻplami va shunga oʻxshashlar. 
    Komplektda birorta buyum yetishmasa, mahsulot yigʻilmaydi va uni ishga tushirib
    boʻlmaydi. 
    Konstruktorlik yigʻma birlik deb mustaqil yigʻish sharoiti unchalik 
    ahamiyatga ega boʻlmagan, faqat funksional ish vazifasini bajarish holatiga 
    asoslanib loyihalangan yigʻma birlikka aytiladi. Masalan, gaz taqsimlash 
    mexanizmi, yonilgʻi xom ashyosi, yuradigan va dvigatelning moy haydaydigan 
    tizimlari va sh.k. Texnologik yigʻma birlik yoki uzel deb mahsulotning boshqa 
    tarkibiy qismlaridan alohida holda yigʻilishi mumkin boʻlgan, lekin oʻz vazifasini 
    faqat mahsulotning boshqa tarkibiy qismlari bilan birgalikda yigʻilgandagina 
    bajarishi mumkin boʻlgan yigʻma birlikka aytiladi. Masalan, dastgohlarning alohida
    qismlari (support, stol, tezliklar qutisi, surishlar qutisi, oldingi va ketingi babkalar 
    va sh.k.). Mahsulotda oʻz xizmat vazifasini bajarib va mustaqil yigʻish tamoyiliga 
    javob beradigan yigʻma birlikning konstruksiyasi optimal hisoblanadi va uni 
    konstruktorlik - texnologik yigʻma birlik deb ataladi. Mahsulotlarni shunday 
    yigʻma birliklar bilan loyihalash tamoyili agregatli yoki blokli yigʻma birlik 
    deyiladi. Konstruktorlik - texnologik yigʻma birliklardan agregatlar tashkil topadi. 
    Bularga nasoslar, uzatish yoki tezliklar qutilari va boshqalar kiradi. 


    18 
    Agregat deb mahsulotning qismlari alohida yigʻilganiga qaramasdan toʻla 
    oʻzaro almashuvchanlikka ega va shu bilan birga oʻz vazifasini mahsulotda yoki 
    mustaqil ravishda bajarish imkoniyatiga ega boʻlgan yigʻma birlikka aytiladi. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish