16
lokalizatsiyasi boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunday
rejalarning salmoqli qismi Toshkent metallurgiya zavodi zimmasiga yuklatilgan.
Zavod qurilish industriyasi, mashinasozlik va iqtisodiyotning boshqa
tarmoqlari uchun sovuq prokatli korroziyaga qarshi himoyalangan qoplamalarni
ishlab chiqaruvchi ilk korxonaga aylanib, mazkur masala strategik
ahamiyatga ega
boʻladi. Zavodning ishga tushishi natijasida respublikaning metallurgiya
mahsulotiga boʻlgan import tobeligi darajasi pasayib, sanoat imkoniyatlari sezilarli
darajada oshadi. Oʻzbekiston iqtisodiyotining sanoatlashuvini inobatga olgan holda,
o’sib borayotgan bozor ehtiyojlarini qondirish uchun kelajakda mahsulot ishlab
chiqarishni yiliga 750 ming tonnaga yetkazish istiqboli bilan texnologik yechimlarni
oʻzgartirishga qaror qilingan.
Mashinasozlik, vagonsozlik,
avtomobilsozlik, kimyo, neft-gaz va qurilish
tarmoqlari sanoat korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish,
titanomagnetit rudalari koni negizida mahalliy xomashyodan foydalangan holda
zamonaviy poʻlat ishlab chiqarishni tashkil etish hisobiga oʻz metallurgiya
majmuasini
tashkil etish, eksport salohiyatini oshirish va importni kamaytirish
maqsadida Prezident qarori asosida “Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya
kompleksi qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilandi. Kondan
yiliga 33 million tonna ruda qazib olinadi va undan 1,5 million tonna temir olinadi.
Kon-metallurgiya kompleksi yiliga 900 ming tonna armatura, 225 ming tonna sim,
375
ming tonna burchaklik, shveller va boshqa materiallar ishlab chiqarish
quvvatiga ega boʻladi. Bu katta miqdordagi import mahsulotlari oʻrnini toʻldirib,
sanoatni barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu yerda 2 mingga yaqin yangi ish
oʻrinlari yaratiladi. Mahsulotlarning 35 foizini eksport qilish rejalashtirilgan.
Loyihani ishlab chiqarish va amalga oshirishga Germaniyaning “DMT Group” va
Avstriyaning “Horst Viesinger Konsulting” korxonalari jalb etilgan.