|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiBog'liq Mash texdan maruzalar TURSUNOV2Ommaviy ishlab chiqarishda mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning
maxsus vositalari keng qoʻllanilib, texnologik jarayon elementar operatsiyalarga
boʻlinib, oqimli liniyalar joriy etilgan.
Seriyali ishlab chiqarishga qoʻyilayotgan yangi talabni qoniqtirishning
yagona yoʻli ishlab chiqarishni yuqori unumli uskunalar bilan jihozlashdir.
Korxonalarga raqamlar yordamida tuziluvchi dastur asosida boshqariluvchi
dastgohlarning kirib kelishi detallarni tayyorlash va oʻlchash jarayonlarini
avtomatlashtirish imkoniyatni beradi.
Umuman, hozirgi vaqtda mashinasozlikdagi asosiy texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirish darajasi yordamchi va transport operatsiyalarni avtomatlashtirish
darajasidan yuqori. Shuning uchun raqamlar yordamida tuziluvchi dastur asosida
boshqariluvchi istiqbolli dastgohlar juda koʻp ishchilar yordamida ishlatilib
kelinmoqda.
Robotlar va manipulyatorlarning qoʻllanilishi seriyali va mayda seriyali ishlab
chiqarishdagi yordamchi operatsiyalarni avtomatlashtirish imkonini tugʻdirib,
sexlarni kompleks avtomatlashtirish masalasini hal etib beradi. Mahsulot sifatini
oshirishdagi kapital mablagʻ talab etmaydigan asosiy yoʻllar mehnat va ishlab
chiqarish intizomini mustahkamlash, xomashyolarga oqilona kesish va mexanik
ishlov berish rejimlarini tanlash hisobiga ularni tejash, ish jarayonida diqqat-
eʼtiborni oshirish, ishlab chiqarish texnologiyasiga qatʼiy rioya qilish, ishchilarga
madaniy, ijtimoiy shart-sharoitini yaxshilash va shu kabilar.
Mahsulot sifatini oshirishning yana bir yoʻli bu texnologik jarayonlarni
tiklash, yaʼni har bir texnologik jarayonni haqiqatdan toʻgʻri tanlanganligiga kafillik
bera oladigan sinov stendlari, nazorat qurilmalari mukammal boʻlishi kerak.
Mahsulot sifati deganda faqat metall kesish stanogida, marten pechida, toʻqish
dastgohida tayyorlanuvni mahsulot sifatigina emas, balki konstruktor,olim, injener,
texnologning ish joyida amalga oshirish kerak boʻlgan vazifasini ham eʼtiborga olish
lozim. Sifatni oshirish uchun barcha xodimlar mehnatiga bir xilda emas, haqiqatda
bajargan ish natijasiga va sifatiga qarab baho berishni, kamchilik uchun
tanbehlashni, ilgʻorlik uchun mukofotlashni oʻrganish kerak.
Fanning joriy etilish sohasi juda kengayib ketdi, olim mehnatining xarakteri
ham oʻzgardi. Koʻpchilik olimlarning ish joyi sokin institut kabinetlarida emas, balki
zavod sexlarida, tajriba oʻtkazuvchi laboratoriyalardan oʻrin olmoqda. Hozirgi
kundagi umumiy intilish—ishlab chiqarishni intensiv yoʻldan olib borish barcha
korxona mehnat jamoasiga tegishli masaladir. Demak, ijtimoiy masala, yaʼni
insonlarni ogʻir qoʻl mehnatidan ozod etish bilan birga ishlab chiqarish samarasini
oshirishni ham oʻylash zarur boʻladi.
|
| |