27
taʼmirlash uchun zarur boʻlgan
asboblar, moslamalar va ehtiyot qismlarni ishlab
chiqarish, korxonada barcha energiya turlarini ishlab chiqarish (elektroenergiya,
qisilgan havo, issiqlik energiyasini)
Xizmat koʻrsatish jarayonlari –asosiy va
yordamchi ishlab chiqarish
jarayonlarini amalga oshirish uchun xizmat koʻrsatuvchi jarayonlar hisoblanadi.
Masalan, moddiy qiymatliklarni tashish, ombordagi barcha operatsiyalar, mahsulot
sifatini texnik nazorat qilish va boshqalar xizmat koʻrsatish jarayonlari hisoblanadi.
Asosiy jarayonlar, baʼzi bir hollarda yordamchi ishlab chiqarish jarayonlari
har xil stadiyalarda (bosqichlarda) bajariladi.
Stadiya – ishlab chiqarish
jarayonining oʻziga xos qismi boʻlib, mehnat predmeti boshqa holatga oʻtadi.
Masalan material xomakiga aylantiriladi, xomaki – detal aylantiriladi va hokazo.
Asosiy ishlab chiqarish jarayonlari quyidagi stadiyalarda (bosqichlarda) boʻlib
oʻtadi: tayyorlov, ishlov berish, yigʻuv va sozlash-rostlash.