• Yordamchi operatsiya
  • Yordamchi o‘tish
  • Ishchi yurish
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Texnologik operatsiya – bu bir ish joyida bir (yoki bir nechta) ishchi 
    tomonidan ketma-ket bajariladigan TJ ning tugallangan qismidir.
    Texnologik operatsiya ishlab chiqarishni hisobga olish va rejalashning asosiy 
    birligi hisoblanadi. Texnologik operatsiya asosida mahsulot tayyorlashning ish 
    hajmi, vaqt me'yorlari, talab qilinadigan ishchilar, jihozlar, moslamalar va asbob-
    uskunalar soni hamda ishlov berishning tannarxi aniqlanadi. Shuningdek, operatsiya 
    asosida ishlab chiqarishni kalendar rejalash, mahsulot sifatini nazorat qilish va ishni 


    20 
    bajarish muddati ishlab chiqiladi. Yordamchi operatsiya (tashish, nazorat qilish, 
    tamg‘alash, qirindilardan tozalash va boshqa) – bu texnologik operatsiyalardan 
    farqli o‘laroq ishlov berilayotgan zagotovka o‘lchamlari, sirtlari shakli va ko‘rinishi 
    hamda xossalarini o‘zgartirmaydi, biroq texnologik operatsiyani bajarish uchun 
    zarur hisoblanadi.
    O‘rnatish – bu texnologik operatsiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, detal (dastgoh 
    turiga qarab bir necha detal) ni bir marta mahkamlab, ishlov berish jarayonida 
    bajariladigan ishlar yig‘indisidir. Bunda dastgohga o‘rnatilgan va mahkamlangan 
    zagotovka uning ishchi organlariga nisbatan dastgoh stolining aylanishi yoki siljishi 
    natijasida boshqa holatni egallashi mumkin.
    Holat – bu detalning bir marta mahkamlangan holatida dastgohning ishchi 
    organlariga nisbatan egallagan vaziyati. Dastgoh stolining aylanishi yoki siljishi 
    (ko‘p shpindelli ko‘p holatli dastgohlarda) natijasida uning holati o‘zgarishi 
    mumkin.
    Texnologik operatsiya texnologik va yordamchi o‘tishlarga bo‘linadi.
    Texnologik o‘tish – bu texnologik operatsiyaning tugallangan qismi bo‘lib, 
    qo‘llanilayotgan asbob va ishlov berishdan hosil bo‘layotgan sirtning o‘zgarmasligi 
    bilan xarakterlanadi. Texnologik o‘tishlar odatda metall kesish dastgohlarining 
    o‘zgarmas ish rejimlarida bajariladi. Yordamchi o‘tish – bu texnologik 
    operatsiyaning tugallangan qismi bo‘lib, ishchi va jihozlar harakatlari yig‘indisidan 
    iborat. Yоrdamchi o‘tishda detalning shakli, o‘lchamlari, g‘adir-budirliklari 
    o‘zgarmaydi, biroq texnologik o‘tishni bajarish uchun zarur hisoblanadi. O‘tishlar 
    o‘z navbatida ishchi va yordamchi yurishlardan iborat bo‘ladi. Ishchi yurish – bu 
    texnologik o‘tishning tugallangan qismi bo‘lib, kesuvchi asbobning ishlov 
    berilayotgan zagotovkaga nisbatan bir marotaba siljishidan sirtning shakli
    o‘lchamlari va sifati yoki zagotovkaning xossalari o‘zgarishi sodir bo‘ladi.

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish