31
Misol. Detalning tuynugiga uchta ketma-ket texnologik oʻtishda ishlov
beriladi: 1-parmalash, 2-zenkerlash, 3-razvertkalash (yakuniy parmalash).
1,2 va 3-yuzalarga bir vaqtning oʻzida ikkita asbob bilan (keskich va
kombinatsiyalashgan parma-zenker bilan) ishlov berish sxemasi. Bir vaqtning
oʻzida ikkita texnologik oʻtish birgalikda paralel bajariladi.
Shunday qilib,
oʻtish deb, bitta yuzaga bitta (oddiy yoki shakldor) kesuvchi
asbob bilan ishlov berish operatsiyasining bir qismigina emas, balki bir necha
yuzaga bir vaqtning oʻzida kesuvchi asboblar komplekti bilan ishlov berish ham
oʻtish hisoblanadi.
Rasmda valga tokarlik dastgohida yoʻnish usuli bilan ishlov berish uchun
valni dastgohga oʻrnatish sxemasi koʻrsatilgan.
a) –valni jilovli (povodokli) patron ichiga va markazlarga oʻrnatish sxemasi.
Detalga shakldor keskich bilan ishlov berishda oʻtishlarni tasvirlashga
misol. I, II – asbobni sozlashning mumkin boʻlgan variantlari.
Detalga “bitta oʻtish”da ishlov berishda chizigʻiy oʻlchamlar oʻzgarmaydi,
shuning uchun tasvirlarda va sozlashlarda texnologik oʻlchamlar koʻrsatilmaydi.