• Yordamchi oʻtishlarga misollar
  • Ishchi yurishga misol
  • Yordamchi yurish
  • Harakat (priyom)
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Yordamchi oʻtish - texnologik operatsiyaning tugallangan qismi, ushbu 
    operatsiya ishchilarning va jihozlarning harakatlaridan iborat boʻlib, bunda mehnat 
    predmetining shakli, oʻlchamlari, gʻadir-budirliklari oʻzgarmaydi va bu harakatlar
    texnologik oʻtishni bajarish uchun zarur hisoblanadi.
    Yordamchi oʻtishlarga misollar: xomakini oʻrnatish va mahkamlash
    kesuvchi asbobni almashtirish va boshqalar.


    32 
    Ishchi yurish - texnologik oʻtishning tugallangan qismi boʻlib, bunda 
    xomakiga nisbatan asbob-uskunaning bir marotaba siljishidan xomaki sirtining 
    shakli, oʻlchamlari va sifati yoki xomakining xossalarida oʻzgarish yuz beradi.
    Ishchi yurishga misol: gorizontal randalash stanogidagi xomakini keskich 
    tomonidan bir marta qirqib oʻtishi yoki qizigan xomaki ustiga temirchilik 
    bolgʻasining bir marta tushishi. 
    Texnologik hujjatlarda ishchi yurish - “oʻtish” deb nomlanadi. 
    Yordamchi yurish - texnologik oʻtishning tugallangan qismi boʻlib, bunda 
    xomakiga nisbatan asbob-uskunaning bir marta yurishi natijasida xomaki sirtining 
    shakli, oʻlchami va sifati, xossasi oʻzgarmaydi, lekin yordamchi yurish ishchi
    yurishni tayyorlash uchun zarur hisoblanadi.
    Misol: gorizontal randalash stanogidagi xomakini keyingi yurishda qirqib 
    oʻtish uchun keskichning orqaga qaytishi yoki qizigan xomaki ustiga urish uchun
    temirchilik bolgʻasining bir marta yuqoriga koʻtarilishi. 
    Pozitsiya – texnologik operatsiyaning maʼlum bir qismini bajarish paytida 
    qoʻzgʻalmas mahkamlangan xomakini yoki yigʻiladigan yigʻuv birligini moslama 
    bilan birgalikda kesuvchi asbobga yoki jihozning qoʻzgʻalmas qismiga nisbatan
    qotirib qoʻyilgan vaziyatiga (holatiga) aytiladi. 
    Harakat (priyom) – ishchining texnologik oʻtishni yoki uning bir qismini 
    bajarishida qoʻllaydigan va yagona maqsadga qaratilgan harakatlarining 
    tugallangan yigʻindisidir. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish