150
IV BOB
TADRIJIY (KETMA-KET) TURDAGI RAQAMLI
SXEMALAR
4.1. Umumiy ma’lumotlar
Yuqorida ko
ʻrib oʻtilgan barcha raqamli mantiq kombinatsion
sxemalarda tuzilgan edi. Ularda chiqishdagi signal kirishning joriy
(hozirgi) holati bilan aniqlanadi. Bu sxemalarda «xotira» mavjud emas.
Agar kombinatsion sxemalarga xotira kiritilsa, u holda, ularning
yordamida hisoblagichlar, arifmetik registrlar va boshqa «aqlli»
sxemalarni hosil qilish mumkin. Bunda ular bir funksiyani bajarib
bo
ʻlgach, keyingisiga oʻtadi. Bunday sxemalarning asosiy tuguni boʻlib
trigger hisoblanadi.
ME va triggerlardan tuzilgan sxemalar, ya’ni ketma-ketli sxemalar
kirish signalarining hozirgi holati bo
ʻyicha yoki ularning avvalgi holatini
bilgan holda kombinatsion funksiya shakllantirishi mumkin. Demak,
hodisalarni ro
ʻy berish ketma-ketligidan kelib chiqqan holda, kirishda
bir hil o
ʻzgaruvchili signal boʻlgan holatda bunday sxemalarning
chiqishidagi signal turlicha bo
ʻlishi mumkin. Shuning uchun sxemalarni
loyihalashtirish va tahlil qilishda hodisalarni ro
ʻy berish ketma-ketligini
ajratib olish muhim hisoblanadi. Raqamli tizimlarning, birinchi navbatda
EHMning kuchi shunda-ki, bir holatdan ikkichisiga bir necha marta
o
ʻtishlar ketma-ketligini berilgan tartibda amalga oshirish imkoniga ega.
Ixtiyoriy ketma-ketlikdagi qurilma