92
HAM-EMAS elementida kirishlar soni
ortgan sari xalaqit-
bardoshlik kamayadi, chunki bir vaqtda barcha tranzistorlarning
qoldiq
kuchlanishlari
U
QOL
ortadi. Shu sababli HAM-EMAS elementlarda
kirishlar soni 4 tadan ortmaydi, YOKI-EMAS elementlarda esa 10 – 12
tagacha yetadi. Amalda
YOKI-EMAS elementlar
koʻp qoʻllaniladi,
HAM-EMAS elementlar esa faqat IS seriyalarining funksional t
oʻliqligi
uchun ishlatiladi. MDYA sxemalarning yuklama
qobiliyati katta, chunki
kirish (zatvor) zanjiri deyarli tok iste’mol qilmaydi. Demak, ish jarayo-
nida zanjirdagi barcha MElar bir-biriga
bogʻliq boʻlmagan holda
ishlay-
di,
U
0
va
U
1
sathi esa yuklamaga
bogʻliq boʻlmaydi.
MDYA – tuzilma elementlari tezkorligi esa kirish va chiqish
zanjirlarini shuntlovchi
sigʻimlarning qayta
zaryadlanish vaqti bilan
aniqlanadi. Tezkorlikni oshirish
yoʻlidagi
barcha urinishlar boshqa
kamchiliklarni yuzaga keltirdi. Masalan, tezkorlikni ortishi yuklamadagi
sigʻimlarni qayta zaryadlanish toki qiymatini ortishiga olib keladi. Lekin
bu usul iste’mol quvvatini va chiqishdagi mantiqiy sathlar nobarqa-
rorligini ortishiga olib keladi.
Koʻrsatilgan qarama-qarshiliklar turli
oʻtkazuvchanlikka ega (komplementar) tranzistorli
kalitlar yordamida,
sxemotexnik usulda bartaraf etilishi mumkin.