304
imkonini beradi. Birinchi kaskad chiqishida
kirish signalining sinfaz
tashkil etuvchisi deyarli mavjud
boʻlmaganligi sababli, ikkinchi
kaskadda uni
soʻndirish talab qilinmaydi. Shuning uchun VT5 va VT6
tranzistorlarning emitter zanjirlarida BTG
qoʻllanilmaydi. Bu holat
ikkinchi kaskad toklarini milliamper darajaga k
oʻtarish va
kuchaytirish
koeffitsiyentini yana 30 marta va undan yuqori qiymatga oshirish
imkonini beradi. Ikkinchi kaskad nosimmetrik chiqishga ega. Buning
natijasida VT5 tranzistor kollektor zanjirida
rezistor
qoʻllanilmaydi.
Ikkinchi avlodga mansub K544UD1 turli ikki kaskadli OKning
soddalashtirilgan sxemasi 10.17-rasmda keltirilgan
boʻlib, unda
muvofiqlashtiruvchi kaskad
qoʻllanilmagan. Shu sababli kuchaytirish
koeffitsiyenti qiymatini yuqori olish uchun kirish DKida
rezistorli
yuklama differensial yuklamaga almashtirilgan. Bunday sxemotexnik
yechimga, ISning umumiy asosda bir xil xarakteristikalarga ega
boʻlgan
egizak
n–p–n
va
p–n–p
BTlarni
yasash texnologiyasi
oʻzlashtirilgandan
soʻng erishildi. Bundan tashqari, DKlarda BT oʻrniga
n
–kanalli VT2 va
VT5 MTlar ham
qoʻllanilgan. Ular kuchaytirish va chastota xususiyat-
lari BTlarga nisbatan past
boʻlishiga qaramasdan, kirish toklarini
keskin
kamaytirish va kirish qarshiligi ortishini ta’minlaydilar. VT1, VT3 va
VT4 tranzistorlarda hosil qilingan BTG dinamik yuklama hisoblanadi.
DKning kirish toki VT6 va VT7 tranzistorlar asosidagi tok generatori
yordamida barqarorlashtirilgan.
10.17-rasm.
K544UD1 turli ikki kaskadli OK prinsipial sxemasi.
305
Chiqish kaskadi ikki bosqichdan iborat. Birinchi
bosqich UE
ulangan VT8 tranzistor asosida hosil qilingan
boʻlib, unga yuklama toki
boʻyicha ketma-ket manfiy TA zanjiri kiritilgan. Ikkinchi bosqich VT10
va VT11 komplementar tranzistorlarda
hosil qilingan AB sinfiga
mansub ikki taktli quvvat kuchaytirgichdan iborat. Yuqori chastotalarda
har bir kaskad fazani siljitadi. Ma’lum chastotalarda manfiy TAli
OKlarda natijaviy faza siljishi 360
0
ga teng
boʻlib, kuchaytirgich
t
urgʻunligini yoʻqotadi. Turgʻunlikni oshirish uchun VT8 tranzistor
kollektor
oʻtishini shuntlovchi ichki yoki tashqi
S
KOR
kondensator
ulanadi.
Hozirgi kunda OKlarning turli seriyalari
ikki va uch kaskadli
sxemalar asosida ishlab chiqarilmoqda.