|
Mahalliy raqobatchilar klasterlari omillar yaratishni rag’batlantiradi
|
bet | 27/105 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #263556 |
Bog'liq УУМ Замонавий ракобат назариялари (1) Mahalliy raqobatchilar klasterlari omillar yaratishni rag’batlantiradi
Firmalar strategiyasi, tuzilishi va raqobatchilik
Omillar o’lchami
Turli milliy muammolar omillar yaratilishini rag’batlantiradi
alab o’lchami
3.1-rasm. Omillar yaratilishiga ta’sirning yo’nalishi va xususiyati
Raqobatchilar guruhlari o’rtasidagi raqobat ularni o’quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, shuningdek axborot manbalari bilan munosabatlarni rivojlantirishga majbur qiladi. Buning hammasi omillar yaratish jarayonlarini ancha tezlashtiradi. Raqobatchilar guruhlarining mavjudligi o’quv yurtlari bitiruvchilari uchun ish beruvchilar, shuningdek, ixtisoslashgan vositalar, dasturlar va bilimlar ishlab chiqaruvchilarning ko’p ekanligini anglatadi. Bundan tashqari, raqobatchilar guruhlarining mavjudligi siyosiy qo’llab-quvvatlovni kuchaytiradi va ixtisoslshagna omillarni yaratishga hukumat investitsiyalariga nisbatan kelishuvni tezlashtiradi.
SHunday qilib ichki raqobatchilar guruhining oimllar yaratilishga ta’siri – muhim va umumiy hodisadir. Lekin bu har doim ham o’z-o’zidan bo’lavermaydi. Mahalliy firmalar butun omillar kompleksini doimiy takomillashtirish va ularga investitsiyalarni rag’batlantirish bo’yicha faol ishlash zaruriyatini anglashlari kerak.
Omillar majmui va uni shakllantirish sur’atlari turdosh va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlarga ham bog’liq. Bu tarmoqlar ixtisoslashgan omillarni yaratish va takomillashtirish mexanizmlarini rag’batlantiradi. Ulardan ba’zilari odatda bir-birini almashtiradigan bo’ladi. Masalan, Daniyada maxsus ta’lim dasturlari, malakali mehnat resurslari va biologik tadqiqotlar o’tkazish imkoniyatining borligi bu mamlakatning insulin, fermentlar va ovqatga qo’shiladigan mahsulotlar ishlab chiqarishdagi ustunligi manbai bo’ldi.
SHuningdek, ba’zi omillarning yaratilishiga talab o’lchamlari ham ta’sir ko’rsatadi. Ma’lum mahsulotga haddan ortiq yuqori talab davlat va xususiy investitsiyalarni tegishli omil yaratishga yo’naltiradi. Ilgari surilgan va ixtisoslashgan ishlab chiqarish omillari kuchli mahalliy talabni qondirish maqsadida rivojlanadi. Masalan, SHvetsiya va Norvegiya kabi mamlakatlar okeanografi va kemasozlik bo’yicha yaxshi rivojlangan ixtisoslashgan o’quv va ilmiy-tadqiqot muassasalariga ega.
Vaqti kelib investitsiyalarning turli mamlakatlardagi tezligi va yo’nalishidagi farq tegishli tarmoqlarni rivojlantirish uchun muhim bo’lgan ixtisoslashgan omillarning yig’ilishidagi katta milliy farqlarga olib kelishi mumkin.
Muayyan tarmoq mahsulotiga bo’lgan ichki talab o’lchamlari ko’pgina milliy xususiyatlarga bog’liq. Aholi, iqlim, ijtimoiy me’yorlar, butun iqtisodiyotning tuzilish kabilar shular jumlasidandir. Biroq boshqa determinantlar ham, xuddi 3.2-rasmda ko’rsatilganidek muhim rolь o’ynaydi.
|
| |