Oliy va o’rta maxsus ta’lim




Download 1,05 Mb.
bet24/105
Sana14.06.2024
Hajmi1,05 Mb.
#263556
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105
Bog'liq
УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

Ustun mavqening sui’stemol qilinishi. O’zbekiston Respublikasining «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida»gi Qonuniga ko’ra bozor ulushi 65%dan yuqori bo’lgan korxonalar ustun mavqega ega hisoblanadilar, 35- 65% ulushda ustunlik ko’shimcha omillarni tahlil qilish orqali aniqlanadi: bozorning barqarorligi, raqobatchilarning nisbatan ulushi, tarmoqqa kirishda to’siqlarning mavjudligi va boshqalar.
Taqqoslama tahlil shuni ko’rsatadiki, korxonani ustun mavqega ega deb hisoblanishi uchun bozor ulushining «etalon» hajmi mavjud bo’lmay, har bir mamlakat uni o’z mezoniga ko’ra aniqlaydi. Masalan, bu ulush Polьsha va CHexiyada - 40%, Vengriyada - 25-30%, Rossiyada - 35-65%, AQSHda -70%, Kanadada - 35%, Yevropa Ittifoqida - 40-50%. AQSH, Kanada, YeI va boshqa qator mamlakatlar qonunida bozor ulushlari ko’rsatilmagan, ustunlik esa pretsedent huquq asosida aniqlanadi.
Biroq, O’zbekiston qonunchiligining xorij qonunchiligidan asosiy farqi shundaki, xorij qonunchiligida bozor ulushi monopoliyaga qarshi majburiy choralar va jazolar to’g’risida qaror qabul qilishda xulosa chiqaruvchi va qat’iy omil bo’lib hisoblanmaydi. Xorijda bu ulush faqat ustunlik mavqei to’g’risida qarish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Hal qiluvchi mezon bo’lib esa, bozorda hukmron mavqega ega bo’lgan korxona o’zining hatti-harakatlari bilan yetkazgan amaldagi ziyon hisoblanadi. Taassufki, Uzbekiston qonunchiligida bu holatga yetarli e’tibor berilmay, natijada o’z monopol mavqeini sui’stemol qilmagan korxonalarga nisbatan monopoliyaga qarshi tartibga solish chora-tadbirlarini qo’llash imkonini beradi.
Raqobatni cheklashga yo’naltirilgan kelishuv harakatlarini nazorat qilish va yo’l qo’ymaslik. Xorijiy amaliyotda bunday hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi organlarning asosiy e’tiborini jalb etib, juda qattiq jazolanadi. Masalan, AQSHda raqobatni cheklovchi bitimlar tuzganlik uchun korporatsiyalardan 10 mln. dollargacha, jismoniy shaxslardan esa 350 ming dollargacha jarima yoki sudning qaroriga ko’ra 3 yil qamoq jazosi belgilangan. O’zbekistonda bunday harakatlar uchun eng yuqori jarima eng kam ish haqining 500 baravari miqdorida (2004 yilning boshiga bu 2,7 ming dollarni tashkil etadi) belgilangan. Mazkur jarimaning profilaktik funktsiyasiga umid bog’lash mumkinmi? Buning ustiga faqat bozordagi tomonlarning ulushi 35% va undan ko’proqni tashkil etgan hollardagina bu qoidabuzarlik hisoblanadi. Xolbuki, narxni qat’iy belgilash yoki bozorni bo’lib olishga yo’naltirilgan kelishuvlar korxonalarning bozordagi ulushidan qat’iy nazar raqobatni cheklab qo’yishi va boshqa halol raqobatchilarning huquqlarini buzishi mumkin. Bunday yondoshuv oqibatida ko’plab huquqbuzarlar bizda jazolanmay qoladilar.
Iqtisodiy kontsentratsiyani tartibga solish. Turli mamlakatlarning monopoliyaga qarshi idoralari iqtisodiy kontsentratsiyalar ustidan qat’iy davlat nazorati siyosatini olib boradilar. G’arb mamlakatlarining raqobat to’g’risidagi qonunchiligini amalga oshirishda shov-shuvlarga sabab bo’lgan sud jarayonlari ham qo’shilish yoki qo’shib
olishlar borasidagi bitimlar oilan bog’liq. Bu bitimlarni aniqlashda turli mezon va yondoshuvlar ko’llaniladi. Ba’zi bir mamlakatlarda (masalan, YeIning bir qator mamlakatlarida) mezon sifatida tomonlar aylanmasi qiymatining miqdori xizmat qilsa, boshqalarida aktivlar qiymatining miqdori yoki sotish hajmi (Janubiy Koreyada bu ko’rsatkich 100 mlrd. vondan ko’proq), yana boshqalarida shtirokchining bozor ulushi xizmat qiladi. Mayda kompaniyalarning qo’shilib ketishi raqobat uchun xavf tug’dirmasada, biroq monopoliyaga qarshi organlar tegishli tekshiruv hamda aralashuvlarni olib borish huquqiga zgadirlar.
So’nggi vaqtlarda iqtisodiy kontsentratsiyani tartibga solish usullarini tubdan takomillashtirish bo’yicha umumiy tendentsiya ko’zda tutilmoqda. Bu monopoliyaga qarshi qonunchilik ta’siri ostiga tushuvchi oitim miqdori chegaraviy qiymatining oshishi orqali ifodalanadi. Bu xo’jalik faoliyati hamda ish munosabatlarining globallashuvi bilan oog’liq. Bugungi kunda monopoliyaga qarshi organlar xalqaro darajadagi iqtisodiy kontsentratsiya masalalariga ko’proq e’tibor qaratmoqdalar (ya’ni, ishlab chiqarish hajmi yoki balans qiymati to’g’risidagi axborot bilan bir katorda ichki va jahon bozori to’g’risida ma’lumotlar talab qilinmoqda). Ko’proq xalqaro miqyosdagi birlashuv va sotib olishlar ro’y bermoqdaki (masalan, avtomobilsozlikda), ularning oqibatlari ikki yoki undan ko’proq mamlakatlar darajasida ko’rib chiqilmoqda. Frantsiya, Kanada, Ispaniya, Italiya yaqinda birlashuvlar ustidan nazoratni kuchaytirdilar, bunday nazorat bo’yicha yangi takliflar ayni paytda Buyuk Britaniya va SHvetsiyada ko’rib chiqilmoqda.
O’zbekistonda xo’jalik sub’ektlarining 35%dan ko’proq aktsiyalarini sotib olish bo’yicha bitimlar monopoliyaga qarshi organni oldindan xabardor qilishni taqozo etadi. Bunday xabarsiz ro’yxatga olingan, biroq boshqa hollarda monopoliyaga qarshi qonunchilikka muvofiq tushuvchi oitimlarni amalga oshirgan investorlar uchun sotib olingan aktsiyalarga |egalik qilishga ruxsat beriladi, biroq axborot taqdim etilmaganligi uchun %larga jarima belgilanishi mumkin. Qandaydir sub’ektning 35%dan ortiq aktsiyalarini sotib olish istagidagi investorlarning murojaatlari ham urganib chiqiladi. Ta’kidlash lozimki, O’zbekiston iqtisodiyoti hozircha mulkning shakllanish va dastlabki taqsimlanish davrini boshidan kechirmoqda. SHunga ko’ra, bizda firmalarning qo’shilib ketishi bo’yicha bitimlar mulkning shakllanishi allaqachon tugatilgan rivojlangan mamlakatlarga qaraganda u qadar ko’p emas.
Uzbekistonda xo’jalik sub’ektlarini tugatish ustidan nazorat iqtisodiy kontsentratsiyani tartibga solishning yana bir dastagi bo’lib xizmat qiladi. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bo’yicha davlat qo’mitasi bozorning monopollashuvi darajasini oshishiga olib keluvchi holatlarda korxonaning boshqaruvchilari yoki davlat organlari tomonidan uni majburiy tugatilishiga rozilik berishdan bosh tortish huquqiga ega. To’g’ri, buni amaliyotda qo’llash juda mushkul, chunki zarar ko’ruvchi ishlab chiqarishni saqlab qolish maqsadida mulkdorga ta’sir ko’rsatish mexanizmi mavjud bo’lmay, faqat korxonaning rahbarlarini uni sun’iy ravishda bankrotlik holatiga olib kelganlari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin.

Download 1,05 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105




Download 1,05 Mb.