|
-jadval. Uzbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi organi tomonidan iqtisodiy kontsentratsiyalarni nazorat qilish amaliyoti
|
bet | 21/105 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #263556 |
Bog'liq УУМ Замонавий ракобат назариялари (1) 1 -jadval. Uzbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi organi tomonidan iqtisodiy kontsentratsiyalarni nazorat qilish amaliyoti
|
2008 yil
|
2009 yil
|
2010 yil
|
2011 yil
|
Aktsiyalar oldi-sotdisining qonunchilikka muvofiq tushishi bo’yicha inventarizatsiya
qilingan bitimlar soni
|
2389
|
3195
|
3714
|
9154
|
Monopoliyaga qarshi organning ruxsatisiz
ro’yxatga olingan bitimlar soni
|
73
|
54
|
0
|
7
|
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktsiyasining
35% ko’irog’ini sotib olish bo’yicha ko’rib chiqilgan murojaatlar soni
|
83
|
77
|
58
|
96
|
Berilgan roziliklar soni
|
76
|
71
|
54
|
74
|
SHu jumladan %da
|
91,8
|
92,2
|
93,1
|
77,1
|
Birlashishlar bo’yicha ko’rib chiqilgan
materiallar soni
|
10
|
16
|
7
|
12
|
Tugatishlar bo’yicha ko’rib chiqilgan
materiallar soni
|
133
|
74
|
97
|
106
|
Alohida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga ajralib chiqish bo’yicha ko’rib chiqilgan
materiallar soni
|
18
|
2
|
1
|
0
|
Kompaniyalar, shu jumladan, xoldinglarni
tashkil etish bo’yicha ko’rib chiqilgan materiallar soni
|
4
|
3
|
4
|
2
|
SHuni ta’kidlash kerakki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1997 yil 31 martdagi 165-sonli «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunini amalaga oshirish chora-tadbirlari haqidagi qarori bilan tasdiqlangan «Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qo’llanishini nazorat qilish tartibi»ga 2002 yilning iyunь oyida kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar natijasida, qishloq xo’jaligi korxonalariga sotilgan mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha narx sohasida hisob-kitoblar tartibi buzilishi oqibatida olingan ortiqcha mablag’lar endi ularning o’zlariga qaytariladi.
Tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratishdagi asosiy dastaklardan biri bo’lib raqobat yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga yo’naltirilgan monopoliyaga qarshi qonunchilik hisoblanadi.
O’zbekiston tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirishga yo’naltirilgan birinchi me’yoriy hujjat bo’lib 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining
«Monopolistik faoliyatni cheklash to’g’risida»gi qonuni hisoblanadi.
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o’zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini takomillashtirish zaruriyatini taqozo etdi. SHunga ko’ra, 1996 yilning 27 dekabrida yangi - «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida»gi konuni kuchga kiritildi.
Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishni taqiqlamay, balki bozorda uning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan. Qonunda ko’zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun, ham O’zbekiston va boshqa o’tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos bo’lgan monopolistlar hatti-harakatiga qarshi o’rnatilgan.
Quyidagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi:
xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining suiste’mol qilinishi;
xo’jalik sub’ektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o’zaro kelishilgan hatti-harakatlari);
boshqaruv barcha darajalaridagi hokimiyat organlarining raqobatni cheklashga yo’naltirilgan hatti-harakatlari;
nohalol raqobat.
Monopolistik faoliyat ustidan nazorat o’rnatish uchun monopolist-korxonalar Davlat reestri joriy etildi. 1999 yilning 1 oktyabr holatiga reestrda 716 xo’jalik yurituvchi sub’ekt 1924 turdagi mahsulot, ish, xizmat bo’yicha ro’yxatga olindi. Mazkur korxonalar faqat alohida xo’jalik yurituvchi sub’ekt bozoridagi tovarlarning ulushi miqdoriy ko’rsatkichi bo’yicha monopolist korxonalar tarkibiga kiritilgan. Bu o’rinda bozorning sifat jihatidan tarkibi, xususan, raqobat muhitini yarata olishga layoqatli bo’lgan o’rnini bosuvchi mahsulotlarning mavjudligi hisobga olinmaydi. Bunday yondoshuvni to’g’ri deb hisoblash mumkin emas. SHunga ko’ra, qonunda tovar bozorida ustun mavqega ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mezonlarini yanada aniqroq belgilab, ularni monopolistlar toifasiga kiritishda ham miqdoriy, ham sifat ko’rsatkichlaridan foydalanish zarur.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq holda tovar bozoridagi monopolistlarni nazorat qilishning nisbatan ahamiyatli shakllaridan biri bo’lib narxlarning davlat tomonidan
tartibga solinishi hisoblanadi. Jahon amaliyotida narxlarning davlat tomonidan tartibga solinishi tabiiy monopoliyalar uchun xosdir. Tabiiy monopoliyalarning mavjudligi sharoitida davlat ishlab chiqarish xarajatlarini tartibga solish yoki narxning eng yuqori darajasini belgilash orqali bozor mexanizmi harakati vositasida ta’minlanuvchi samaraga sun’iy yo’l bilan erishishga harakat qiladi.
Uzbekistonda UzR VMning 1997 yil 31 martdagi «Uzbekiston Respublikasining
«Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida»gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq moliyaviy idoralarga erkin narxlarning yuqori chegarasi yoki rentabellik darajasi borasida deklaratsiya topshirish orqali barcha monopolist-korxonalarning mahsulot (tovar, xizmat)lariga bo’lgan narxlarni davlat tomonidan tartibga solish qo’llanilmoqda.
Amaliyotning ko’rsatishicha, chegaraviy narxlar va rentabellik me’yorlarini qo’llagan holda narxni tashkil etishni davlat tomonidan tartibga solinishi ko’pincha ijobiy natija bermaydi, chunki u narxlarni shakllantirishning bozor munosabatlarini hisobga olmagan holdagi xarajat mexanizmiga asoslanadi. Narxlarni deklaratsiyalashning byurokratik taomilining qo’llanishi korxonalarning bozordagi narx bo’yicha manevr qilish imkoniyatini pasaytiradi. Buning ustiga, monopolist-korxonalar uchun narxni o’rnatishda raqobatchilarning mahsulotiga tarkib topgan narxlar hisobga olinmaydi.
Ko’plab mutaxassislarning fikricha, monopol yuqori narxlar doimo qam davlatning aralashuvini taqozo etmaydi. Bunday narxlar hamda foyda olish imkoniyati bozorda faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektlarning ishlab chiqarish hajmini oshirishga, boshqalarining esa bozorga kirib kelishiga rag’bat yaratadi. Davlat faqat bozorga kirish uchun to’siqlar paydo bo’lgan holdagina aralashuvi lozim.
Xalqaro amaliyot hamda keng miqyosda narxlarni davlat tomonidan tartibga solishning samarasizligini hisobga olgan holda narxni tashkil ztish sohasidagi monopoliyaga qarshi siyosatning asosiy yo’nalishi bo’lib korxonalarning mahsulot va xizmatlari narxlarini bevosita davlat tomonidan tartibga solish sohasining qisqartirilishi hisoblanadi. Narxlarning umumiy nazoratidan ularning monitoringiga o’tish lozim. Tavsiya etilayotgan yondoshuv moliyaviy idoralarga narxlarning chegaraviy darajasi to’g’risida deklaratsiya topshirishning bekor qilinishini ko’zda tutadi. Faqat narxlarning keskin oshirib yuborilishi holati aniqlanganda tarkib topgan narxlarning iqtisodiy asoslanganligi tahlil qilinishi zarur. Faqat monopol yuqori narxlar belgilangan holatlarda monopolist-korxonalar uchun narxning mumkin bo’lgan chegarasini o’rnatish lozim. Bizning fikrimizcha, taklif etilayotgan mexanizm hozirgi bosqichda eng samarali hisoblanadi.
Ta’kidlash lozimki, Uzbekiston Respublikasining «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida»gi Qonuni xalqaro analoglar asosida tuzilgan, biroq, bu qonun amalga oshirilayottan muhit rivojlangan mamlakatlar sharoitidan tubdan farq |qilib, uning bajarilishiga ta’sir ko’rsatadi. Qonunchilikning samarali oajarilishiga halaqit beruvchi nisbatan muhim omil bo’lib idorachilik hisoblanadi.
Amaldagi qonunchilikka ko’ra, huquqiy shaxslarning birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, kontsernlar va h.k.) uchun assotsiatsiyalashgan sub’ektlarning xo’jalik faoliyatiga aralashuv taqiqlanadi. Biroq, amalda tashkil etilgan birlashmalar, odatda
ilgari amal qilgan tarmoq vazirliklarining davomchilari bo’lib, hozirgi vaqtda ularga xom ashyo resurslarini, markazlashtirilgan kapital qo’yilmalarni taqsimlash, mahsulotlarni sotish va boshqa vazifalarning yuklatilishi ko’pincha raqobat muhitining rivojlanishini sekinlashtirib qolmay, balki ularning yaratilishiga to’sqinlik ham qilmoqda. Ularning amal qilishi kichik va o’rta biznesning xom ashyo resurslariga, valyuta mablag’lariga bo’lgan imkoniyatini cheklash orqali to’siqlar qo’yishi jiddiy salbiy holat hisoblanadi.
Tarkib topgan sharoitda amal qilayotgan birlashmalarni tarkibiy qayta tuzish monopoliyalarni cheklash va raqobatni rivojlantirishning zarur sharoitlaridan biri hisoblanadi. Bunday birlashmalarning vazifasi bo’lib marketing xizmatlari bilan ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini amalga oshirish, ularning amaliyotga tatbiq etilishiga ko’maklashish hisoblanadi.
O’zbekistonda amal qilayotgan monopoliyaga qarshi qonunchilikning yana oir muammosi — davlat monopoliyaga qarshi organiga qonunchilikni buzganlik uchun iqtisodiy sanktsiya qo’llash huquqining berilishidir. CHunki xalqaro amaliyotda bu kabi masalalar sud ajrimlari orqali hal etiladi. Respublikada monopoliyaga qarshi qonunchilikka amal qilish masalalarini ko’rib chiqishda sud amaliyotining rivojlantirilishi xo’jalik sub’ektlarining mas’uliyatlarini oshiradi.
O’zbekistonda yaratilgan raqobat siyosatini olib borish tizimi o’z ichiga qonunlar va qonunosti hujjatlarni, uni amalga oshirish hamda iste’molchilar huquqini himoya qilish uchun mas’ul bo’lgan maxsus muassasalarni, shuningdek, mazkur siyosatni amalga oshirish mexanizmlarini o’z ichiga oladi. Biroq, mazkur sohadagi ma’lum muvaffaqiyatlarga qaramay, raqobat siyosatini amalga oshirish maqsad va usullari uni yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Bu, eng avvalo, globallashuv miqyoslari va ta’sir kuchlarining o’sishi bilan shartlangan bo’lib, buning natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini oshirish uchun sharoit yaratish taqozo etiladi.
Ayniqsa, Uzbekistonda 2003 yilda joriy operatsiyalar hisobi bo’yicha erkin konvertatsiya kiritilgan bo’lib, bu ichki bozordagi milliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobatni kuchaytiradi.
Bundan tashqari, shuni tan olish kerakki, respublikada raqobatni rivojlantirish borasida o’tkazilayotgan siyosat yetarli darajada ta’sirchan emas.
Bozor iqtisodiyoti tarixi - bu ko’p jihatdan monopolizmning salbiy oqibatlariga qarshi kurash tarixini namoyon etadi. Nazariyot va amaliyot shuni ko’rsatadiki, monopolizm quyidagi oqibatlarni keltirib chiqaradi:
iste’molchilar monopolist firmalarning mahsulotlari uchun raqobatli bozordagi shunga o’xshash mahsulotlar narxiga nisbatan to’lashi yuzim bo’lgan o’ta yuqori narxlar;
yuqori narxlarni ushlab turish uchun turli tarmoqlar o’rtasida resurslarning samarasiz taqsimlanishiga, ulardan monopoliyalashtirilgan
tarmoqlarda yetarli darajada foydalanmaslikka olib keluvchi tovar va xizmatlarning alohida turlarini ishlab chiqarishni sun’iy ravishda cheklash,
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-jadval. Uzbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi organi tomonidan iqtisodiy kontsentratsiyalarni nazorat qilish amaliyoti
|