Oliy va o’rta maxsus ta’lim




Download 1,05 Mb.
bet23/105
Sana14.06.2024
Hajmi1,05 Mb.
#263556
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105
Bog'liq
УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

Monopollashgan tarmoq korxonalari va boshqaruv tizimini tarkibiy shta tuzish. 1998- 2002 yillarda Uzbekiston hukumati tomonidan mazkur soha borasida bir qator qarorlar qabul qilingan edi. Biroq boshlangan jarayonlar deyarli hech bir tarmoqda oxiriga yetkazilmadi. Masalan, elektr stantsiyalariga huquqiy shaxs mavqeining berilishi hali energetikani monopoliyadan chiqarilishiga olib kelgani yo’q, chunki alohida elektr stantsiyalarining ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tannarxini pasaytirishdan manfaatdorligining oshishiga imkon beruvchi tarmoqdagi moliyaviy oqimlar tizimi alohidalashgani yo’q. Bu borada temir yo’l transporti sohasida ham ahamiyatli ishlar amalga oshirilmadi. Turar joy-kommunal xo’jalik tizimidagi monopoliyadan chiqarish xususiy kommunal xizmatlarni rivojlantirish bo’yicha tadbirlar bilan mustahkamlanmayapti, shunga ko’ra kutilayotgan natija bermayapti. Eng avvalo, tarmoq monopoliyalariga xo’jalik birlashmalari (uyushmalar, xoldinglar, kontsernlar) taqchil moddiy resurslarni taqsimlash bo’yicha vakolatga hamda korxonalar faoliyatiga aralashish imkoniga ega bo’lgan sohalarda barham berilishi kerak.
Boshqaruv hamda xo’jalik faoliyati funktsiyalarini ajratish. O’zbekiston sharoitida bu raqobat muhitini yaratishning muhim mexanizmi hisoblanadi. Islohotlar davomida faqat rasman o’zgarishlar qilingan (masalan, vazirlik yoki idorani uyushma yoki kontsernga aylantirilgan) iqtisodiyotning bir qator tarmoqlarida bu funktsiyalarning alohida sub’ektlar tomonidan qo’shib olib borilishi davom etmoqda. Xususan,
«O’zbekiston havo yo’llari» MAK, «O’zbekenergo» DAK, «O’zbekneftgaz» MXK,
«O’zbekiston temir yo’llari» DAK, «O’zbekturizm» MK o’z mavqeiga ko’ra xo’jalik
yurituvchi sub’ekt hisoblansada, amalda tartibga solish organlari bo’lib qolmoqdalar, bu esa manfaatlarning to’qnashuvini keltirib chiqarmoqda. Ular rejalashtirish, narx, marketing siyosati va boshqa sohalar orqali uyushma tarkibidagi korxonalar faoliyatini aqamiyatli ravishda nazorat qiladilar. Jahon amaliyotida siyosatni ishlab chiqish, tartibga solish, nazorat qilish va xo’jalik yuritish vakolatlarini turli tuzilmalar o’rtasida taqsimlanishi o’zining nisbatan optimalligini ko’rsatdi. Hozirgi vaqtda tabiiy monopoliyalarning alohida tarmoqlarida davlat tomonidan tartibga solishning maxsus organlari tashkil etilgan («Avianadzor», «Jeldornadzor», «Avtomobil transporti agentligi», «Neft-gazinspektsiya»). Turizm va kino ishlab chiqarish tarmoqlarida bunday organlarning mavjud emasligi davlat va monopol tuzilmalar tadbirkorlik faoliyati manfaatlarining uyg’unlashuvida ma’lum muammolarni vujudga keltiradi.
Kichik va o’rta biznes (KO’B)ning rivojlanishi. Mazkur sektor korxonalari iste’mol bozorlari kon’yunkturasini yaxshi sezadi, beqaror iqtisodiyot sharoitida o’z faoliyatlari strategiyasini tezroq o’zgartira oladi, raqobatni qo’llab-quvvatlaydi, ishchi o’rinlari yaratadi. KO’Bni rivojlantirish maqsadida davlat soliqqa tortish, hisobot taqdim etish hamda yangi korxonalarni ro’yxatdan o’tkazish tartiblarini soddalashtirdi, kkshiruvlar miqdorini qisqartirdi va h.k. SHu va boshqa chora-tadbirlarni zmalga oshirish tufayli O’zbekistonda KO’Bning YaIMdagi ulushi 34%ga yetdi, mazkur sektorda iqtisodiyotdagi barcha bandlarning 56% to’g’ri kelmoqda. Biroq, ko’plab boshqa o’tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlar singari Uzbekistonda ham yangi tadbirkorlik tuzilmalarining bozorga shrishi hamda faoliyat yuritishini qiyinlashtiruvchi to’siqlar mavjud. Ulardan eng uchraydiganlari quyidagilardan iborat:

  • xom ashyo va materiallarni sotib olishdagi qiyinchiliklar;

  • dastlabki kapitalning mavjud bo’lmasligi hamda aylanma |kapitalning yetishmasligi;

  • kredit olishning yuqori sarf-xarajatlar taqozo etishi, banklarning ijozlar bilan murakkab o’zaro munosabatlari;

  • davlat tomonidan mutloq huquqlar bilan ta’minlangan hamda |nisbatan qulay raqobat sharoitlariga ega bo’lgan monopol tuzilmalarning |amal qilishi;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga huquqni muhofaza qiluvchi |va tekshiruvchi organlarning aralashuvining yuqori darajasi;

  • ma’muriy (litseziya, ruxsat, sertifikat olishda, ro’yxatdan tkazishdagi va boshqa) to’siqlar.

Bu muammolarni hal etish uchun ro’yxatga olish va litseziyalash taomilini yanada ko’proq soddalashtirish, sertifikatlash va majburiy standartlash miqyoslarini qiskartirish, xo’jalik yuritish sub’ektlarining moddiy-xom ashyo resurslariga teng imkoniyatini ta’minlash, hisob shqamlaridagi, shu jumladan, naqd shakldagi mavjud pul mablag’laridan erkin foydalanishni kafolatlash, huquqni muhofaza qiluvchi va tekshiruvchi fganlarning ular faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining monopoliyaga qarshi qonunchiligi, jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi singari, raqobatni quyidagi vositalar orqali tartibga soladi:

  • ustun mavqeni sui’stemol qilishga ta’sir ko’rsatish;

  • raqobatni cheklashga yo’naltirilgan kelishuv harakatlarini nazorat qilish va yo’l

qo’ymaslik;

  • iqtisodiy kontsentratsiyani tartibga solish.

Biroq, bu huquqiy me’yorlarni ham qonunchilik, ham amaliy jihatdan ko’llanilishida bir qator farq qiluvchi holatlar mavjud.

Download 1,05 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105




Download 1,05 Mb.