Faol raqobat ichki talabni oshiradi
Omillar o’lchami
Ichki raqobatchilar guruhi milliy nufuz yaratadi
3.2-rasm. Ta’sir mexanizmi va ichki talab o’lchamlari
Eng muhim kuch sifatida yana ichki raqobat maydonga chiqishi, ehtimol. Mahalliy raqobatchilar guruhi ichki bozorni rivojlantirishga moyilliklari bilan marketingga kapital qo’yadilar. Narxlar mexanizmi mahalliy bozordagi ulushni egallash va ushlab turishga ko’maklashadi. Ichki bozorda mahsulot ilgariroq taklif qilinadi va kengroq assortimentga ega bo’ladi. Raqobatbardosh mahalliy raqiblar mavjudligining o’ziyoq bu tarmoqni sezilarli qilib qo’yadi. Dastlabki talab rag’batlantiriladi. Lekin faqat ichki bozorning kengayishi ro’y beribgina qolmay, tezda u tovarlar bilan to’ladi va faol harakatlar xalqaro bozorlarni egallash sari yo’naladi. Bunga yaxshi bir misol - vinochilikdir. Frantsiya va Italiya kabi mamlakatlarda aholi jon boshiga vino iste’mol qilishning yuqori darajasi ko’p jihatdlan shu bilan belgilanadiki, bu mamlakatlarda keng assortimentili ommaviy ko’lamli vino ishlab chiqarish rivojlangan.
Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish bir qancha qo’shimchalarga ega. AQSH aholi jon boshiga bu mahsulotlarni iste’mol qilish bo’yicha dunyodagi oldingi o’rinlardan birini egallaydi. Bu «Koka-kola», «Pepsi-kola», «Seven-ap» va boshqa firmalar
o’rtasidagi qattiq raqobatdan kelibchiqadi. Garchi bu firmalar jahon bozorida ham raqobatlashsa-da, ularning raqobatlashish jadalligi AQSHda boshqa joydagiga qaraganda yuqoriroq. Firma faxroi va raqobatchilarningbir-biriga yaqinligi oldin batafsil muhokama qilganimiz sabablardan ikkitasidir. Natijada reklamaga haddan ortiq rolь ajratilgan va tovarlarning yangimarkalari avval ichki bozorda paydo bo’ladi. Bu yerda va boshqa tarmoqlarda jadal ichki raqobat faqat ichki talabni rag’batlantiribgina qolmay, balki ishlabchiqarish va marketing yangiliklari orqali amalda uni yaratadi ham.
Faol ichki raqobat, bundan tashqari, mahalliy bozorda talabningtakomilllashiishiga ham ko’maklashadi. Raqobatchilar guruhlari mahalliy xaridorlar darajasini oshirish, ularning ta’bini noziklashtirish, o’zlarini esa yanada talabchanroq qilish ustida ishlaydi. Masalan, Italyada poyafzal va mebellarga bo’lgan talab, yuzlab italьyan kompaniyalari ichki bzorga bir qator yangi tovarlar chiqarganligi bois, qisqa muddatichida takomillashtirildi. Italьyan firmalarining hammasi ham o’z mahsulotini eksport qilavermaydi. SHu bilan shug’ullanadiganlari esa kamdan kam hollarda o’z assortimentini taklif qiladi. Natijada italьyan iste’molchisi katta tanlashimkoniyatiga egaligi bois tobora sinkov bo’lib bormoqda. Boshqa mamlakatlarda kamroq darajadagi raqobatbardosh mahalliy ishlab chiqaruvchilar pastroq sifatdagi va torroq assortimentdagi tovarlarni taklif qiladilar. Italiyadagi mebelь va poyafzal bilan savdo qiladigan chakana savdochilarning noziklashgan didi, aytib o’tilganidek, mahsulot o’tkazish kanallarini zo’r berib qidirayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi ichki raqobatning kuchli aks etishidir. CHakana sotuvchilar, shuningdek, bir-birlari bilan ham raqobatlashadilar va italьyan iste’molchilariga tovarlarning keng assortimentini taklif qiladilar hamda bu bilan istemolchilarning didinitarbiyalaydilar. Xalqaro faoliyatda raqobatbardosh tarmoq ichki bolzorda shunday sharoit yaratadiki, bu holat ushbu raqobatbardoshlikni mutahkamlaydi. Ichki bozordagi kuchli raqobat ham xorijiy talabni kuchaytirish mumkin. Mahalliy raqobatchilar guruhi tarmoqning milliy nufuzini yaratadi. Xorijiy xaridorlar buni sezadilar va bu mamlakatga salohiyatga ega xaridorlarni kiritadilar. Bunga yaqqol misol qilib kosmetik (pardoz) qalamlarini ko’rsatish mumkin. Xorijiy kosmetik firmalar yangi turdagi mahsulotlar chiqarish uchun nemis yetkazib beruvchilarini tanladilar. Bunda ular Nyurnbergdagi nemis ishlab chiqaruvchilarining dunyoga mashhurligiga tayandilar. Muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatayotgan turdosh va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlarning borligi ham bu tarmoqda chiqarilayotgan tovarga bo’lgan xalqaro talabni orttirishi mumkin. Buning bir yo’li – nufuzni boshqa tarmoqqa ko’chirishdir. Masalan, 50-60-yillarda shveytsar soatlari o’z nufuzini boshqa SHveytsariya aniq mexanik mahsulotlariga ko’chirdilar.
90 yillarda hammaishiy elektronika bilan shunday holat ro’y berdi. Bunda "Yaponiyada ishlab chiqarilgan" degan so’zlar turli yapon firmalari tomonidanishlab chiqarilayotgan, kengayib borayotgan tovarlar assortimentida sifat va yuqori darajadagi rasmiylashtirishni angalatardi. Boshqa bir yo’l esa yaqin tarmoqlarning raqobatbardoshligi orqali talab o’lchamlarining yaxshi tomonga o’zgarishidir. Bu haqda oldin ham gapirib o’tildi. Ichki talabning baynalmilallashuviga omil o’lchamlari ham ta’sir qiladi, ayniqsa, bu omillarni yaratadigan mexanizmlar. Biror tarmoqqa tegishli bo’lgan yuqori darajada rivojlangan mexanizmlarga ega bo’lgan mamlakat
o’rganayotgan va kuzatayotgan talabalar va firmalarni jalb qiladi. Bu talabalar va firmalar ko’pincha mahalliy tovarlar va xizmatlarga bo’lgan xorijiytalabni ta’minlaydi. Bunga misol: AQSHda ta’lim oladigan vrachlarning rolidir.
Biror mamlakatda turdosh va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlarning borligi, hajmi va xalqaro muvaffaqiyati boshqa determinantlarga bog’liq. O’zaro aloqalarning ba’zi eng muhimlari 3.3-rasmda tasvirlangan.
|