|
Duopoliya- ikki firma hukmronligi bo’lib, oligopoliyaning sodda ko’rinishidir.
Sof
|
bet | 35/105 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #263556 |
Bog'liq УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)Duopoliya- ikki firma hukmronligi bo’lib, oligopoliyaning sodda ko’rinishidir.
Sof monopoliya sharoitidagi raqobat ishlab chiqaruvchilar o’rtasida bo’lmaydi, balki ular resurs xaridorlari bo’lganda paydo bo’ladi.
Sof monopoliya degani ishlab chiqarish va tovarlar taklifini yagona, ya’ni hech bir raqibi yo’q kompaniya qo’lida bo’lishini bildiradi.
Monopol hokiyatini 3 narsa yuzaga keltiradi:
Bozor talabining o’zgaruvchaligi.
Bozordagi firmalar soni. Bozordagi taklifning bir necha firma qo’lida to’planishi bozor kontsentratsiyasi deyiladi.
Firmalarning o’zaro munosabati.
Monopol hokimyat firmalarning raqobatlashuv darajasiga teskari mutanosiblikda, o’zaro kelisha olishiga esa to’g’ri mutanosiblikda bo’ladi.
Monopol narx o’rnatilganda xaridor yutug’i monopoliya yutig’iga aylanadi, bundan monopol ustama foyda xosil qiladi.
Monosopiya sharoitida muayyan tovar va xizmatlar bozorida yagona xaridor bo’lganidan ishlab chiqaruvchilar uning pulini olish uchun raqobatlashadi.
Raqobatbardoshlik – bu raqobatga chidamli bo’lish, unda g’olib kelish qobilyatiga ega bo’lishdir.
Bu 3 narsa bilan belgilanadi:
muayyan tovarning raqobatbardoshligi;
firmaning raqobatbardoshligi;
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi.
Raqobatbardosh tovar – bu o’z sifati, narxi va sotilish shart – sharoitiga binoan xaridorlarga ma’qul bo’lganidan bozor ko’taradigan tovardir.
Raqobatbardoshlikning ikki jihati bor, bilar milliy bozordagi raqobatbardoshlik va
jahon bozoridagi raqobatbardoshlikdir.
Raqobatchilik muhiti – bu raqobat uzluksiz va cheklanmagan holda borishi uchun kerakli shart-sharoitning mavjudligidir.
Bunday muhit mukammal raqobatli bozorga xos bo’ladi. Uning asosiy belgilari quyidagicha:
Raqobatlashuvchi firmalar safining kengayishiga sharoit yaratiladi.
Antimonopol siyosat yurgizish.
|
| |