- 140 -
− antenna balandligi va fazalar markazini konstruktorlik tuzatmalari
inobatga olinib, ma’lumotlar RINEXga aylantiriladi;
− kirishida RINEXni qabullayotgan dasturiy ta’minot yordamida bazaviy
chiziq hisoblanadi, bunda, birinchidan fazalarni qo‘sh farqlaridan foydalaniladi,
ikkinchidan, chastotalar farqini aniqlash uchun faqat L1 chastota yoki faqat L2
chastotadan foydalaniladi;
− bunday tipdagi hisoblashlar uchun aniq orbitalardan foydalanishga xojat
yo‘q, bort orbitalarning sifati bu uzunlikdagi bazaviy chiziqlar uchun yetarli.
Bazaviy chiziqni hisoblangan bahosi bilan uning haqiqiy qiymatini
solishtirish ikki tipdagi antennalar orasidagi mavjud bo‘lgan og‘ishni aniqlashga
imkon beradi.
Bu hisoblashlar kun davomida turli vaqtlarda o‘tkazilgan, ikki sessiya
uchun kamida ikki martta takrorlanishi zarur. Bunday extiyotkorlik baholash
davrida modellashtirilmaydigan antenna og‘ishlarini boshqa tipdagi og‘ishlardan
farqlash imkonini beradi. Bu kalibrovka o‘tkazilgandan keyin ikki tipdagi muvofiq
apparatlar bilan kuzatilayotgan bazaviy chiziqni har bir hisobida aniqlangan, mos
qeluvchi og‘ishlariga, tuzatmalar qo‘llaniladi [Botton et al., 1997]..