- 150 -
yo‘ldoshlarini yerdan kuzatish orqali qit’alararo geodezik munosabat bog‘lashga
va dunyo geodezik tarmoqlarini barpo qilishga imkon yaratildi.
3.10.1-rasm. O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud sun’iy yo‘ldosh
geodezik tarmoqlarining amaldagi joylashuvi
Davlat sun’iy yo‘ldoshli geodezik tarmog‘i 1, 2, 3 va 4 - sinflari punktlarining
umumiy zichligi har 50 km
2
ga kamida bitta punktni tashkil qiladi. O‘zbekiston
Respublikasi hududida hozirda 1942 yilda qabul qilingan geodezik koordinatalar
tizimi (SK-42) amal qiladi.
Ayni paytda O‘zbekistonda Davlat sun’iy yo‘ldoshli geodezik tarmoq-lari
tarkibi belgilangan bo‘lib, ularni rivojlantirish umumdan ayrimga o‘tish
prinsipiga asoslangan. Davlat sun’iy yo‘ldoshli
radionavigatsiya tizimlari
NAVSTAR (AQSh) va GLONASS (Rossiya) hamda kosmik geodeziya-ning boshqa
usullaridan foydalanib quriladigan Davlat sun’iy yo‘ldoshli geodezik tarmoqlari
o‘z ichiga quyidagilarni oladi: referens geodezik punktlar tizimi; 0 - sinf sun’iy
yo‘ldoshli geodezik tarmog‘i; 1 - sinf sun’iy yo‘ldoshli geodezik tarmog‘i.
Davlat sun’iy yo‘ldoshli geodezik tarmoqlari punktlarining o‘rni
koordinatalarning ikki tizimida – umum yer va referens tizimlarida aniqlanadi.
Har ikkala tizimlar orasidagi bog‘lanish biridan ikkinchisiga o‘tish parametrlari
aloqasi orqali bog‘lanadi. Respublikamizda sun’iy yo‘ldoshli geodezik tarmoqlarni
yaratishda davlat geodezik punkt va tarmoqlarini asos qilib olinishi lozim deb
- 151 -
hisoblaymiz. Ma’lumki, doimiy amal qiluvchi bazaviy stansiya yo‘ldosh
geodeziyasi priyomnigi va antennadan iborat bo‘ladi.
Ushbu bazaviy stansiya
ishonchli joyda barqaror o‘rnatiladi va uzluksiz energiya ta’minoti manbai bilan
ishlaydi. Ma’lumotlarni qabul qiluvchi priyomnik yo‘ldosh signallarini o‘zida
qabul qiladi. Qabul qilingan signallar qayta ishlanadi va aniq vaqtda ishlaydigan
boshqa moslamalarga uzatilib moslamaning doimiy ishlashini ta’minlaydi. Ushbu
davlat sun’iy yo‘ldoshli geodezik tarmoqlarini yaratish shaharlar hududida,
yirik
sanoat va energetik ob’ektlarni tuzish, loyihaviy qidiruv va qurilish ishlarini
bajarish, gidrouzel qurilishi bosqichida gidrotexnik inshootlarni rejalash, yirik
ko‘prik qurilishlarda, tunnel trassasini joyga ko‘chirish uchun planli asos bo‘lib
xizmat qiladi. Geodezik tarmoqlar aniqligi, zichligi va barqarorligiga bo‘lgan
talablar turlicha bo‘ladi.
Hozirda davlat geodezik tarmoqlarini raqamlashtirish, sun’iy yo‘ldosh
geodezik tarmoqlarini barpo qilish va 1:25 000 masshtabdagi topografik asosni
yaratish ishlari O‘zbekiston hamda Janubiy Koreya Respublikalari o‘rtasidagi
“Milliy geoaxborot tizimlari” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Mazkur
loyiha bo‘yicha respublikamizning barcha hududlariga asosiy va yordamchi
sun’iy yo‘ldosh geodezik tarmoqlari o‘rnatilib, uning muhofazasi hududiy yer
tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari zimmasiga yuklatilgan.
Ularning nazorati va
monitoringi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya
milliy markazi davlat unitar korxonasi tomonidan olib borilmoqda.
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hududiy filiallarining yer
tuzuvchi mutaxassislari yer hisobini yuritish
ishlarini olib borishda GPS
qurilmalarini mazkur sun’iy yo‘ldosh geodezik tarmoqlariga bog‘lagan holda
amalga oshirib kelinmoqda.
Bir va ikki chastotalik GPS va GNSS priyomniklar eng ko‘pi o‘n ikkita sun’iy
yo‘ldosh bilan bog‘lanish imkonini beradi va eng kami oltita sun’iy yo‘ldosh bilan
bog‘langanda ishchi holga keladi. Aniqlik darajasi relef murakkabligi, rover
antennasining radiusi ochig‘ligi va ob-havo sharoitiga karab o‘rtacha 60
- 152 -
santimetrni tashkil etgan. Aniqlik darajasini oshirish
maqsadida qilinadigan
geodezik va geoinformatik ishlar qo‘shimcha vaqt va qo‘shimcha mutaxassisning
intellektual salohiyati talab qilinadi. Bu esa o‘rtacha murakkablikdagi bo‘lgan 3
gektar hududni 1:500 masshtabdagi planini tuzish maqsadida qilinadigan
geodezik ish uchun kamida uch nafar yetuk malakali mutaxassis 8 soat davomida
ish olib borish hamda GPS va GNSS priyomnikda olingan ma’lumotlarni davlat
geodezik punktiga bog‘lash uchun qo‘shimcha bir kunni talab qilgan (3.10.2-
rasm).