- 154 -
-
“Survey” s’yomka turida yuqori aniqlikdagi geodezik tadqiqotlarni olib
borishda, nuqtali ko‘rinishdagi qatlamlar asosida ob’ektlarni
koordinatalarini
aniqlashda va baza-rover tizimi asosida davlat geodezik tarmoqlariga bog‘lab
tadqiqotlarini tenglashtirishda foydalanib kelinmoqda.
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Jizzax bo‘linmasi
tomonidan hukumatimiz topshiriqlarini yuqori saviyada sifatli va ishonchlik etib
bajarishda, yillik reja asosida ekiladigan ekin yer maydonlarini yo‘qlamadan
o‘tkazishda “Ashtech” Pro Mark-3 markasidagi GPS qurilmasining “Mobile
Mapper” s’yomka turidan foydalanib kelinmoqda. “Mobile Mapper” s’yomka
turida uch qatlam ya’ni, chiziqli, nuqtali va maydonli qatlamlar asosida yerlarni
tadqiq qilish mumkin. Bu esa o‘z novbatida joydagi ob’ektlarni
turkumlash va
atributlash jarayoniga yordam beradi.
Dala tadqiqot natijalari ArcGIS dasturiga import qilinishi natijasida mavjud
elektron raqamli kartadagi ekin yerlari yangilanib boriladi. Atributiv jadvallar esa
mexanik usulda to‘ldiriladi. Yer konturlari faqatgina
kontur raqamlarini
vizuallashtirish uchun xizmat qiladi.
Bajarilayotgan ishlarni samarali va unumli bo‘lishini ta’minlash
uchun
mavjud elektron raqamli kartalarni GPS qurilmasiga yuklash talab etiladi.
Elektron raqamli kartalarni yuklab olish va navigatsion s’yomkalarni
amalga
toshirish mutaxassisning ish unumini oshirishga xizmat qiladi. ArcGIS dasturida
yaratilgan elektron raqamli kartalarni GPS qurilmasiga
yuklash va navigatsion
s’yomka ishlarini amalga oshirish quyidagi 3.10.2-jadvalda
keltirilgan tartibda
amalga oshiriladi: