- 163 -
-
Yer konturlari axborotlari yerdan
foydalanuvchilar qatlamida
vizuallashadi.
ArcGIS dasturida yaratilgan geoma’lumotlar
bazasida elektron raqamli
kartaga vektor ma’lumotlari kartografik metodlar asosida proeksiyalanadi.
Proeksiyalashda bir tizimdan boshqa tizimga o‘tish
ketma-ketligi qoidalariga
rioya qilish talab etiladi (3.10.3-jadval).
Bir tizimdan boshqa tizimga proeksiya qilish tartibi
3.10.3-jadval
№
Koordinatalar
tizimi nomi
Tizim
birligi
Proeksiya
nomi
Tizimni almashlash
ketma-ketligi
1
WGS 84
Geografik
Silindrik
WGS 84(geografik)-
CK42(geografik)-
CK42(to‘g‘ri
burchakli)
2
CK-42
Tug‘ri
burchakli
Gauss-Kryuger
(Azimutal)
Geoma’lumotlar bazasidagi elektron raqamli
kartaga proeksiya asosida
import qilingan vektor ma’lumotlar alohida geografik
joylashuvi bilan ajralib
turadi. Vektor ma’lumotlardan foydalanilgan holda
yerdan foydalanuvchining
ekin turlari ajratiladi va alohida maydon ko‘rinishidagi mavzuli qatlamlar bilan
belgilanadi. Nuqtali ko‘rinishidagi vektor ma’lumotlaridan
atributiv jadvallar
to‘ldiriladi va geometrik hisoblash yo‘li orqali yer maydonlari avtomatik tarzida
amalga oshiriladi (3.10.7-rasm).