Mexanizatsiyalash muhandislari instituti




Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/120
Sana16.12.2023
Hajmi9,23 Mb.
#121051
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   120
Bog'liq
137 ЗГА-Дарслик-2020-5

Bu real vaqtda s’yomka qilish uchun zarur
Fazaviy ma’lumotlarga ishlov berish bo‘yicha mulohazalar. Bu komponent 
dasturiy paketni “yuragi” hisoblanadi. Fazaviy ma’lumotlarga ishlov berish 
dasturlari uchta katta sinfga bo‘linadi: 
− apparatlarni tayyorlovchilar tomonidan ishlab chiqilgan va priyomniklar 
komplektida taqdim etiladigan, odatiy geodezik ishlarda qo‘llaniladigan 
dasturlar. Bular “tijorat dasturiy mahsulotlari” deb nomlanadigan 
dasturlar; 
− xukumat tashkilotlari yoki akademik institutlar tomonidan ishlab chiqilgan 
eng aniq “ilmiy” yoki geodezik ishlar uchun mo‘ljallangan dasturlar; 
− dengiz yoki havo ishlarini qo‘llash, GAT uchun ma’lumotlar yig‘ish, boshqa 
datchiklar bilan birlashtirilgan (aeros’yomka kameralari inersial 
navigatsiya tizimlari va x.k.) bir necha antennalardan iborat bo‘lgan 
tizimlarni orientirini aniqlash uchun “maxsus” (yoki noyob) ishlarga 
mo‘ljallangan dasturlar. 


- 146 - 
Bu dasturlarning sniflari orasida bir qancha farqlar mavjud: 
− tijorat va maxsus dasturlar odatda bir tipdagi asboblarning ma’lumotlarini 
boshqarish uchun yoziladi. Ma’lumotlardan RINEX formatidan 
foydalanganda , ilmiy dasturlar asboblarga bog‘liq emas.
− tijorat dasturlari “foydalanuvchilar bilan hamjihat” bo‘lib, ishlov 
beruvchidan minimal kiritishlar talab etadi va shaxsiy kompyuterlarda 
ishga tushirilishi mumkin. Ilmiy dasturlar tadqiqot va aniq pozitsionerlash 
maqsadlarida ishlab chiqiladi. Bunda ko‘p opsiyalar taklif qilinadi va 
hisoblashda foydalanuvchidan katta mahorat talab qiladi. Bunga 
qo‘shimcha ravishda shuni ta’kidlash kerakki, bu dasturlarni o‘ziga 
hosliklari ko‘p va murakkab ma’lumotlarni modellashtirishni qo‘llab turadi, 
shuning uchun bu dasturlar bilan ishlaydigan kompyuterlarga qo‘yiladigan 
talab ham jiddiy; 
− tijorat dasturlari (nisbiy aniqligi – 10
-6
birlikda) geodezik o‘lchashlar uchun 
optimizatsiyalangan, shu bilan bir vaqtda ilmiy dasturlar odatda eng yuqori 
aniqlikdagi 
ishlarga 
mansub. 
Ilmiy 
dasturlarda 
eng 
nozik 
modellashtirishlardan va ishlov berish usullaridan foydalaniladi, misol 
uchun orbita elementlarini tenglashtirish, toposferik kechikishni baholash, 
birvaqtda bir sessiyadan ko‘p bo‘lgan kuzatishlarga ishlov berish va x.k.; 
− tijorat dasturlari odatda alohida bazaviy chiziq rejimida, xattoki ikkitadan 
ortiq priyomnik bir vaqtda ishlaganda ham, ma’lumotlarga ishlov berishni 
juda ham optimal bo‘lmagan algoritmlaridan foydalaniladi, ilmiy dasturlar 
esa ko‘p chiziqli rejimda va ko‘p seanslarga ishlov berish imkoniyatiga ega; 
− maxsus dasturlarni qo‘llash doirasi tez kengayib yuormoqda. Ayrm maxsus 
dasturlar “nazik didli” maxsulot bo‘lishi, bir xillari qo‘pol interfeysli bo‘lishi 
mumkin [Rizos, 1999]. 
To‘rni tenglashtirish dasturi bo‘yicha mulohazalar. Fazaviy GPS 
ma’lumotlariga ishlov berish eng kam birlik bo‘lgan hollarda ham bajarilishi 
mumkin: alohida bazaviy chiziq yoki bir vaqtda katta hajmda tenglashtiriladigan, 


- 147 - 
o‘lchashlrda to‘plangan barcha ma’lumotlarni yoki ular orasidagi biror bir 
kombinatsiyada. Har qalay fazaviy ma’lumotlarga ishlov berishni barchasi uchun 
umumiy bo‘lgan bir necha o‘ziga xosliklari bor. 
Odatda ular minimal chegaralangan yechimlar bo‘lib, to‘rni bir stansiyasi 
koordinatalariga (yoki bazaviy chiziqga) asoslangan. Natijalari uch o‘lchamli 
koordinatalar shaklida beriladi ( X, Y, Z dekart koordinata sistemasida yoki shu 
ellipsodning o‘zida B, L, H geodezik koordinata sistemasida ). 
Olingan 
koordinatalar WGS-84 sistemasiga mansub bo‘ladi (aniqlik darajasi, 
fiksatsiyalangan stansiya ma’lumotlari bilan aniqlanadi). 
Agarda fazaviy ma’lumotlarni ishlovi birin ketin, ya’ni alohida bazaviy 
chiziqlar rejimida yoki (afzalroq) alohida sessiyalar rejimida bajarilsa, alohida 
olingan natijalar to‘rni keyingi tenglashtirishlarida birlashtirilishi kerak. O‘z 
navbatida, to‘rni ikkilamchi tenglashtirish dasturida quyidagilar bajarilishi zarur: 
− alohida bazaviy chiziqlarning (yoki multi-baseline rejimida ko‘p 
chiziqlarni) yechimini to‘rga birlashtirish. GPS o‘lchashlarida doim ortiqcha 
ma’lumotlar bo‘ladi (misol uchun, stansiyalar okkupatsiyalarining to‘plami, 
bazaviy chiziqlarni qayta kuzatish va x.k.), optimal koordinatalarni olishni 
eng yaxshi usuli GPS natijalarini (va u bilan bog‘liq kovariatsiyalarni) to‘rni 
tenglashtirish dasturiga kiritish. Bunda birlashtirilgan yechim minimal 
chegaralangan holda qoladi, ya’ni faqat bitta stansiyani koordinatalari 
fiksatsiyalanadi; 
− tashqi nazorat stansiyalarning koordinatalarini tenglashtirilgan to‘rga 
qo‘shish, aloqa vositalarini GPS yechimlari bilan lokal geodezik sistemalari 
bilan ta’minlash (WGS-84 kvazisistemasida), va lokal nazorat to‘rini 
tenglashtirishda GPS yechimini chegaralash. Oxirgi xususiyat, GPS va lokal 
geodezik sistema orasidagi transformatsiyalash parametrlarini aniqlashni 
talab etadi; 


- 148 - 
− ayrim yoki barcha kuzatish stansiyalar uchun geoid balandliklari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar GPS ellipsoidal balandliklari zarur bo‘lgan normal 
balandlikka o‘zgartiriladi; 
− to‘r sxemasi va koordinatalar kattaligi bilan hisobot tayyorlash, turli shakl 
va formatlarda jadvallar tuzish imkoniyatiga ega bo‘lish. 
Yuqorida qayd etilgan masalalarni faqat tenglashtirish uchun tuzilgan 
dastur bilan to‘rni tenglashtirish dasturi yordamida yoki geodezik to‘rni 
tenglashtirish uchun oddiy dasturiy ta’minot yordamida bajarish mumkin. 
Boshqa tipdagi geodezik kuzatishlar sifatida, fazaviy o‘lchashlarni ishlov 
dasturidan GPS ma’lumotlarini kiritish uchun, uni modifikatsiyalash kerak. Bu 
yerda bajarilgan odatiy o‘lchashlardan (gorizontal yo‘nalish, masofa, zenit masofa 
va x.k.) olingan ma’lumotlarga to‘ldiruvchi bo‘ladi. 
Dastur GPS apparatlarni tayyorlovchilar tomonidan ishlab chiqilib
dasturlarni to‘liq “paketiga” qo‘shimcha modul sifatida tavsiya etilishi mumkin. 
Eng mashhur dasturlar paketi vositalar to‘plamiga ega bo‘ladi, bu vositalar 
fazaviy ma’lumotlarga ishlov beradgan chiqish fayllarini o‘qishi mumkin, bu 
ma’lumotlarni (bazaviy vektor koordinatalarini va kovariatsiya matritsalarini) 
qo‘lda kiritishdan ozod qiladi. 
Sputnikaviy ma’lumotlarni nisbatan real bahosini olish uchun, bazaviy 
chiziqga ishlov berish dasturida taqdim etilgan kovariatsion matritsadan olingan 
axborotdan ko‘pchilik hollarda “masshtablashtirishi” zarur. Sputnik o‘lchovlarini 
bajarish davomida to‘rni tenglashtirish dasturi umumiy sifat monitoringi bo‘ladi. 
Bazaviy chiziqlarni o‘lchash yoki sessiya tenglashtirish natijalarini ketma-
ketlikda dasturga qo‘shib borish va yechimini nazorat qilish mumkin. Agar yo‘l 
qo‘yilmaydigan og‘ishlar aniqlansa (misol uchun, bazaviy chiziqni yaxshi 
emasligida), unda o‘lchash rejasini o‘zgartirishni talab qilishi mumkin (talabga 
javob bermagan bazaviy chiziqni qayta kuzatish yoki qo‘shimcha stansiyalar 
kiritish). 


- 149 - 
Bunday dasturni chiqishida aniqligi baholangan (kovariatsion matritsalar, 
ellips yoki ellipsoid xatolari) stansiyalarning koordinatalar to‘plami (WGS-84 
sistemasida yoki lokal geodezik koordinata sistemasida) bo‘ladi. 
Ayrim to‘rni tenglashtirish dasturlarida geoidni qurish imkoniyati 
bo‘lmasa, bunday hollarda alohida dastur kerak bo‘lishi mumkin. Misol uchun, 
AQSh, Kanada va Avstraliyalarga old hisoblash to‘ri bilan geoid balandliklarini 
interpolyatsiyalash uchun dastur mavjud. Gravimetrik s’yomka ma’lumotlari 
asosida geoid balandliklarini hisoblaydigan dasturlar unchalik ko‘p emas. 
Trimble, Ashtech (Thales Navigation), Leica Geosystems, Javad (Topcon) 
firmalari to‘rlarni tenglashtirish dasturini ishlov berish tijorat paketida, modul 
ko‘rinishida taqdim etadi. 
GPS apparatlarini ishlab chiqaruvchilarning paketlariga natijalarni taqdim 
etish (buyurtmachi uchun hisobot tayyorlash, to‘r sxemasini yaratish, 
koordinatalar vedomostini va x.k. tayyorlashga yordam beradi) dasturini qo‘shish 
tendensiyasi mavjud [Rizos, 1999]. 

Download 9,23 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   120




Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish