- 136 -
markazi deyiladi. Faza yoki elektr markazi – bu antenna nuqtasi bo‘lib, bir xil
fazaviy frontda kelgan radiosignallar unda mos tushadi. Priyomnik aynan shu
nuqtadan sputnikgacha bo‘lgan masofani o‘lchaydi.
Faza markazi fizik nuqta
emas, shuning uchun geodezist punktning marka markazidan ungacha bo‘lgan
masofani baholay olmaydi. Uning holati yo‘nalish fuksiyasi bo‘lib, antenna undan
signalni qabul qiladi. Bundan tashqari GPS priyomnk antennasi uchun L1 fazaviy
markazi bilan L2 fazaviy markazlari odatda ustma-ust tushmaydi. Shuning uchun
uning o‘rtacha holati antennani biror bir tayanch nuqtasiga nisbatan aniqlanadi
(antenna reference point, ARP), kuzatish jarayonida geodezik punkt markasiga
nisbatan bu nuqtani holati o‘lchanadi.
Idealida, sputnik priyomnigini antennasidagi fazaviy markazni holati
signallarni qayerdan kelayotganiga, yo‘nalishiga bog‘liq emas.
Antenna
yo‘naltirilganlik diagrammasini nosferikligi oqibatida amalda faza markazini
azimut o‘zgarishidan va balandlik burchagi o‘zgarishidan kichik siljish (yaxshi
loyihalashtirilgan geodezik antennalarda bir santimetrdan kichik) bo‘lishi
mumkin. Odatda bir tayyorlovchi va bir model antennalari bir xildagi o‘zgarishni
ko‘rsatadi, shuning uchun ularni ta’sirini bazaviy chiziqni o‘lchashda bir
yo‘nalishda (misol uchun magnit meridiana yo‘nalishida) orientirlash orqali
kamaytirish mumkin. Geodezik antennalarda faza markazini o‘rta
gorizontal
holati odatda antennani fizik markaziga ya’ni antenna aylanish o‘qiga to‘g‘ri
keladi va bir xil antennalardan foydalanganda faza markazlarining holati unchalik
ahamiyatga ega emas: faqat antenna tayanch nuqtasini geodezik markaga
nisbatan balandligini o‘lchash zarur. Agarda turli tipdagi antennalardan
foydalanilayotgan bo‘lsa, unda ishlov berish oldidan
ularga muvofiq tuzatma
kiritish uchun faza markazini antenna tayanch nuqtasigacha bo‘lgan
balandligidan tashqari, faza markazini sputnik balandlik burchagiga nisbatan
holatini bilish kerak bo‘ladi.
Buning uchun har bir chastota, har bir antennaga dasturiy ta’minotda faza
markazi xolatining tuzatmasini kalibrovkalashda fayllar olingan bo‘lishi kerak.
- 137 -
Antenna tipiga sozlash va parametrlarni qo‘shish uchun ishlov berish dasturini
opsiyasi bo‘lishi kerak. Antenna kalibrlash parametrlarini hisobga olmaslik punkt
balandligida 10smgacha bo‘lgan xatolikka olib keladi [Mader, 2004].
Antennani keltirilgan ikkita parametri (antenna
tayanch nuqtani faza
markaziga nisbatan siljishi va balandlikka bog‘liq holda faza markazining
kattaligini o‘zgarishi) antennani kalibrlash jarayonida aniqlanadi. Hozirda
ishlatilayotgan, deyarli barcha antennalar azimutal simmetrik fazada bo‘layotgan
o‘zgarishga asosan (ko‘pchilik holda) ufiqga nisbatan sputnikning balandligi ta’sir
ko‘rsatadi. Biroq, antennani lokal tevarak-atrofi ideal bajarilgan o‘lchashga
qo‘shimcha va azimutal, va balandlik o‘zgarishlarini kiritishi mumkin.
Bu lokal
o‘zgarishlar kalibrovka jarayonida inobatga olinishi kerak.
Kalibrovkalashni ikka xili ishlab chiqilgan: absolyut va nisbiy. Absolyut
kalibrlashda antenna parametrlari ma’lum bo‘lgan holati radio manbalarni
kuzatishdan
kiritiladi, nisbiy kalibrlashda antenna parametrlari ikki antennali
,ma’lum bo‘lgan bazaviy chiziqni kuzatishdan olinadi, ulardan
biri tayanch deb
qabul qilinadi.