|
Mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristikasi3.
Avtotebranishlar chastotasi.
Konturining induktivligi va sig'imini
o'zgaitirish mumkin bo'lgan avtogeneratorni yig'aylik. Manbani ulab,
ossillograf yordamida generatorning ishlayotganiga ishonch hosil
qilamiz. Kondensator sig'imini o'zgartirib, tebranishlar chastotasining
ham o'zgarishini ko'ramiz: sig'im ortganda tebranishlar chastotasi
kamayadi, sig'im kamayganda esa chastota ortadi.
Tebranish konturi g'altagining induktivligi ortganda ham chastota
kamayishini, induktivlik kamayganda esa chastota ortishini
ko'ramiz.
Bu tajribalar avtotebranishlar chastotasi erkin tebranishlar chastotasi
kabi, tebranish konturining induktivligi va sig'imi bilan aniqlanishini
ko'rsatadi.
Har qanday avtotebranish sistemasida avtotebranishlar chastotasi
tebranish sistemasining parametrlariga bog'liq bo'ladi. Masalan, soat
mexanizmi
mayatnigining
uzunligini
o'zgartirib,
uning
tebranishlari
chastotasining o'zgarishini kuzatamiz.
Avtotebranishlar chastotasi
𝜔
tebranish sistemasidagi erkin
tebranishlar chastotasi
𝜔
0
ga yaqin.
4. Avtotebranishlar amplitudasi.
Erkin tebranishlarni o'rganganimizda
biz tebranish sistemasiga boshlang'ich turtki bilan berilgan energiya undagi
tebranishlar
amplitudasini
aniqlashini
ko'rgan
edik.
Avtotebranishlar
amplitudasining boshlang'ich turtkiga bog'liq yoki bog'liq emasligini aniqlay-
miz. Buning uchun soat mexanizrnining mayatnigiga, uni har xil burchakka
og'dirish bilan, har xil porsiya energiya beramiz. Kuzatishlar mayatnikning
barqarorlashgan avtotebranishlari amplitudasi boshlang'ich turtkiga bog'liq
emasligini ko'rsatadi.
Avtotebranishlar
|
| |