• Tebranishlar amplitudasi, chastotasi yoki fazasini aniq qonuniyatlar
bo`yicha tebranishlar chastotasidan ancha kichik chastota bilan
o'zgartirish jarayoni, mos holda, amplitudaviy, chastotaviy yoki fazaviy
modulyatsiya
deyiladi.
Modulyatsiyalashning
har
qanday
usulida
parametrlarning o'zgarish tezligi yetarlicha sekin bo'lishi kerak.
O'zgarish shu darajada sekin bo'lishi kerakki, tebranishlar davri ichida
modulyatsiyalanuvchi parametr deyarli o'zgarmay qolsin.
Amplitudaviy modulyatsiyalashni batafsilroq ko'raylik. Biz oldingi
paragraflardan bilamizki, konturdagi tebranishlar
amplitudasi generator
zanjiridagi kuchlanishga proporsional:
𝑖 = 𝑘 𝑈
𝑀
𝑠𝑖𝑛 𝜔𝑡 ,
bu yerda
𝑘
— proporsionallik koeffitsienti.
Avtogeneratordagi
elektr
avtotebranishlarni
amplitudaviy
modulyatsiyalash usullaridan biri generator zanjiridagi
𝑈
𝑀
kuchlanishni
o'zgartirishdan iborat.
Aytaylik, eletkr avtotebranishlarni
𝑐𝑜𝑠Ω𝑡
qonun bo'yicha
amplitudaviy modulyatsiyalash zamr bo'lsin, bu
yerdagi
𝛺
siklik chastota
generatordagi asosiy tebranishlar chastotasi
𝜔
dan ko'p marta kichik.
Bunday amplitudaviy modulyatsiyani amalga oshirish uchun
𝑈
𝑀
doimiy
kuchlanish
manbayiga
𝛺
chastotali
𝑈
Ω
= 𝑈
𝑀
𝑐𝑜𝑠Ωt
Kuchlanish manbayini ketma-ket ulash kifoya. Bu holda to'liq
kuchlanish manbaning
𝑈
𝑀
doimiy kuchlanishi bilan modullovchi signal
manbayi beradigan
𝑈
Ω
o'zgaruvchi kuchlanishning yig'indisiga teng:
𝑈 = 𝑈
𝑀
+ 𝑈
Ω
To'liq kuchlanish o'zgaruvchi bo'lgan i uchun
konturdagi tok kuchi ham
o'zgaruvchi bo'ladi. Konturdagi o'zgaruvchi tok kuchining oniy qiymati
𝑖 = 𝑘(𝑈
𝑀
+ 𝑈
Ω
) 𝑠𝑖𝑛 𝜔𝑡 ,
formula bilan ifodalanadi.
Kuchlanishning
𝑈
Ω
o'zgaruvchi qo'shiluvchisining bo'lishi shunga olib
keladiki, konturdagi elektr tebranishlarning amplitudasi modullovchi
signal chastotasiga teng bo'lgan chastota bilan o'zgaradi.
Elektr avtotebranishlarning modulyatsiyasini
tajribada kuzatish
mumkin. Buning uchun 2.10- rasmda tasvirlangan sxema bo'yicha
qurilma yig'iladi. Tovush generatori ulanmasdan oldin (bu tajribada u
modulyatsiyalovchi signal manbayi bo'ladi), ossillograf ekranida yuqori
chastotali modulyatsiyalanmagan garmonik tebranishlar ossillogrammasi
ko'rinadi. Tovush generatori ulanganda ossillograf
ekranida amplitudasi
bo'yicha modulyatsiyalangan tebranishlar ossillogrammasi paydo bo'ladi.
Modulyatsiyalovchi signal kuchlanishining o'zgarishi bilan modulyatsiya
«chuqurligi»ning ham o'zgarishi ossillograf ekranida yaqqol ko'rinadi.
Modulyatsiyalovchi tebranish kuchlanishi umuman olganda har qanday
qonun bo'yicha o'zgarishi mumkin. Ammo biz ko'rgan tajribalarda
modulyatsiyalovchi signal garmonik qonuniyat bo'yicha o'zgaradi.
Garmonik
signal bilan