2.8-rasm
2.9-rasm
Agar musbat teskari bog'lnaishda ishlayotgan
avtogenerator konturidagi
g'altak bilan teskari bog'lanish g'altagi orasidagi masofa sekin-asta orttirilsa,
avtotebranishlar amplitudasi kamayadi. G'altaklarning
ayrim joylashuvida
tebranishlar to'xtaydi (2.9-rasm).
Bu holatda teskari bog'lanish kuchsiz va har davrda konturga keladigan
energiya qaytarilmaydigan ichki energiyaga
aylangan energiyadan kichik
bo'ladi. Shunday qilib, teskari bog'lanish shunday bo'lishi kerakki,
birinchidan, emitter o'tishidagi kuchlanish konturdagi
kuchlanish bilan bir
xil fazada o'zgarsin. Bu holdagi teskari bog'lanish