foydali tomonlari
–
yaratilgan tebranish texnikalarini xalq xujaligining
barcha tarmoqlariga joriy etilishi imkoniyatlarini cheksizligi va uni amalda
oqilona
foydalanilishi;
b)
zararli tomonlari
–
tashqi kuchlar (zilzila, rezonans hodisasi) ning ta’sir
etishi va bu ta’sirda jismni bir qismi yoki butun
konstruksiyasini larzaga
kelishi (ko’briklar, inshoatlar).
Shunday qilib, energiyaning saqlanish va aylanish qonuni nuqtai nazaridan
kombinasion (aralash) dars yordamida elektromagnit tebranishlarni o’rganishda
ilgari o’tilgan mexanik tebranishlar bilan o’xshashligini taqqoslab, o’quvchilarni
ilmiy dunyoqarashlari yanada kengroq shakillantirildi.
X U L O S A
Bajarilgan ish yuzasidan xulosa qilib shuni ta’kidlaymiz:
- I bobda mexanik tebranishlar
- bunda erkin va majburiy
tebranishlar, matematik mayatnik va uni harakat tenglamasi hamda
garmonik tebranishlar va aylanma harakat orasidagi bog`liqlik
munosabati
haqida nazariy tushinchalar keltirildi.
- II bobda esa elektr tebranishlarni erkin va majburiy elektr
tebranishlar hamda tebranish konturi va konturdagi
jarayonlarni tavsiflovchi
tenglama yordamida nazariy tushintirildi.
- Dissirtasiyaning III bobida mexanika va elektr tebranishlarning qiyosiy
xarakteristikasini tushintirishda innovatsion texnologiyalarni
joriy etish bilan
mavzuni o’qitish jarayonini samarali tashkil qilishda interfaol metod - o’tilgan
mavzuni o’zlashtirishda yaxshi natija berishi uchun darsni mustahkamlashda
kubik interfaol
metod
dan foydalandik. Chunki mavzu o`tilgandan so`ng
o`quvchilarda biror tushuncha shakllanadi. Masalan,
6-sinf o’quvchilari uchun
kuch, bosim, issiqlik hodisalari, energiya mavzulari,
7 sinf o’quvchilari uchun
jism massasi,
elektr qarshilik, atom tuzilishi haqida tushuncha, to`lqin kabi
mavzular o’tilgandan so’ng
kubik usuli
ni qo’llab, o’quvchilarning
bilimlari
sinab ko’rildi. Shungdek, dissertatsiyada tebranish konturida elektr tebranishlar
qanday paydo bo`lishi va ularni aniq tassavur qilish uchun prujinaga bog`langan
sharchaning tebranishlari bilan qiyoslash uchun darsning umumiy didaktik
maqsadi bayon etilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Valiev X.A. Maktabda elektromagnit tebranishlar va to’lqinlarni o’rganish.
T.1994. 20-25 betlar.