• Garmonik tebranishlar energiyasi
  • Mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristikasi




    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/51
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,36 Mb.
    #228484
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51
    Garmonik tebranishlar energiyasi:
    Garmonik tebranayotgan
    sistema kinetik va kvazielastik kuchlar ta’siridan yuzaga keluvchi
    potensial energiyaga ega bo‘ladi. Agar tebranayotgan sistemaning
    massasi
    𝑚
    va tezligi
    𝜗
    bo‘lsa, (173) formulani nazarga olib, kinetik
    energiya uchun quyidagi ifodani yozish mumkin: 
    𝐸
    𝑘
    =
    𝑚 𝜗
    2
    2
    =
    𝑚
    2
    𝑥
    0
    2
    𝑠𝑖𝑛
    2
    ( 𝜔
    0
    𝑡 +
    𝜋
    2
    ) =
    𝑚
    2
    𝜔
    0
    2
    𝑥
    0
    2
    cos
    2
    𝜔
    0
    𝑡 
    (184) 
    Kvazielastik kuchlar ta’siridan hosil bo‘lgan potensial
    energiya ham elastik deformatsiyalangan jismning potensial energiyasi
    singari ifodalanadi, ya’ni siljish kvadratiga proporsional bo‘ladi. U
    holda (169) formulani nazarga olib, potensial energiya uchun quyidagi
    ifodani hosil qilamiz: 
    𝐸
    𝑝
    =
    𝑘𝑥
    2
    2
    =
    𝑘
    2
    𝑥
    0
    2
    𝑠𝑖𝑛
    2
    𝜔
    0
    𝑡 
    Biroq
    𝑘 = 𝑚 ∙ 𝜔 
    0

    ekanligini hisobga olsak, 
    𝐸
    𝑝
    =
    𝑚
    2
    𝜔
    0
    2
    𝑥
    0
    2
    𝑠𝑖𝑛
    2
    𝜔

    𝑡 
    (185) 
    (184) va (185) formulalardan ko‘rinishicha, garmonik tebranayot- gan 
    sistemaning kinetik va potensial energiyalari davriy ravishda o‘zgarib turadi. 
    Sistemaning to‘liq energiyasi uning kinetik va potensial ener- giyalarining 
    yig‘indisiga teng bo‘ladi, ya’ni: 
    𝐸 = 𝐸
    𝑘
    + 𝐸
    𝑝
    =
    𝑚
    2
    𝜔
    0
    2
    𝑥
    0
    2
    cos
    2
    𝜔
    0
    𝑡 +
    𝑚
    2
    𝜔
    0
    2
    𝑥
    0
    2
    sin
    2
    𝜔
    0
    𝑡 =
    𝑚 𝜔
    0
    2
    2
    𝑥
    0
    2
    (186) 
    Shunday qilib, garmonik tebranishning to‘liq energiyasi o‘zgarmas va 
    amplitudaning kvadratiga to‘g‘ri proporsional ekan. Sistema muvozanat 
    vaziyatidan o‘tayotganda uning tezligi maksimal bo‘ladi (bu hol vaqtning
    𝑡 = 0
    ;
    1
    2
    𝑇; 𝑇
    qiymatlariga mos kelib (2.2-rasmga q.), bunda 
    𝑐𝑜𝑠
    2
    𝜔
    0
    𝑡 = 1
    bo‘ladi) va kinetik energiya o‘zining 


    𝐸
    𝑘.𝑚𝑎𝑥
    =
    𝑚 𝜔
    0
    2
    2
    𝑥
    0
    2
    (187) 
    maksimal qiymatiga erishadi. Sistema muvozanat holatdan maksimal 
    chetlashganda esa (bu hol vaqtning
    𝑡 =
    1
    4
    𝑇
    ;
    3
    4
    𝑇
    qiymatlariga mos
    keladi va 
    𝑠𝑖𝑛
    2 2 𝜋
    𝑇
    𝑡 = 1
    bo‘ladi) potensial energiya o‘zining 
    𝐸
    𝑝.𝑚𝑎𝑥
    =
    𝑚 𝜔
    0
    2
    2
    𝑥
    0
    2
    (188) 
    Maksimal qiymatini oladi. (186), (187) va (188) formulalarni
    taqqoslasak, agar qarshilik kuchlari bo‘lmasa, tebranayotgan
    sistemaning to‘liq mexanik energiyasi uning muvozanat vaziyatidan 
    eng katta og‘ish paytidagi potensial energiyasiga yoki muvozanat
    vaziyatidan o‘tayotgan paytidagi kinetik energiyasiga teng bo‘ladi,
    degan xulosa kelib chiqadi. 
    Shunday qilib, garmonik tebranayotgan sistemaning kinetik va 
    potensial energiyalari davriy ravishda o‘zaro aylanib turadi. 

    Download 1,36 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51




    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristikasi

    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish