• Kеnglik – impuls modulyatorlari. Xarakatni boshqarishni raqamli tеxnologiyasi . Intellektual mexatron modul tushunchasi.
  • Analog – raqam o’zgartirgichlar
  • ARO’ning imkoniyati
  • Raqam – analog o’zgartirgichlar




    Download 6,85 Mb.
    bet20/73
    Sana12.12.2023
    Hajmi6,85 Mb.
    #117441
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73
    Bog'liq
    PR 111 UMK

    Raqam – analog o’zgartirgichlar

    Raqamli kodni analog signaliga (tok, kuchlanish yoki zaryad) aylantiruvchi qurilma raqam – analog o’zgartirgich deb ataladi.Raqam – analog o’zgartirgichlar diskret raqamli olam va analog signallar orasidagi interfeys hisoblanadi. Raqam – analog o’zgartirgichlarning eng keng tarqalgani – bu keng impulsli modulyatorlardir (широтно - импульсный модулятор).


    Keng – impulsli modulyatorda doimiy tok yoki kuchlanish davriy ravishda raqamli kodga proportsional ravishda ulanadi.Keyin olingan impulslar ketma – ketligi past chastotali filtr yordamida filtrlanadi.Bunday olingan signallar electromotor tezligini boshqarishda, Hi – Fi audiotexnikada keng qo’llaniladi.

    Rasm 12.10 past chastotali filtr ostsillogrammasi


    12-Mavzu: Maxsus sensorlarni universallash, Sensorli boshqarish.
    Reja:

    1. Analog – raqam o‘zgartirgichlar, raqam – analog o‘zgartirgichlar.

    2. Kеnglik – impuls modulyatorlari.

    3. Xarakatni boshqarishni raqamli tеxnologiyasi.

    4. Intellektual mexatron modul tushunchasi.

    5. Mikrokontroller, mikrokontrollеrlar uchun dasturiy ta'minot.



    Tayanch iboralar:
    Raqamli signal.Diskret signal. Impul’sli signal. Analog – raqam o‘zgartirgichlar. Raqam – analog o‘zgartirgichlar. Kеnglik – impuls modulyatorlari.
    Analog – raqam o’zgartirgichlar (ARO’,Analog-to-digitalconverter, ADC, Аналого-цифравойпреобразовательАЦП) - bu analog signalni diskret kodga o’zgartiruvchi elektron qurilma. ARO’ kuchlanishni ikkilik sistemasidagi raqamli kodga o’zgartiradi. ARO’ razryadlar soni bilan harakterlanadi.Razryad – bu qurilma chiqishida uzatishi mumkin bo’lgan diskret qiymatlar miqdoridir.ARO’ning imkoniyati – buuning o’zgartirish chastotasidir. Chastota sekundiga sanoq miqdori bilan o’lchanadi va ARO’ning tezlik harakteristikasini belgilaydi. Razryad bitlarda o’lchanadi.Zamonaviy ARO’lar 24 bitli ham bo’lishi mumkin.
    Umuman olganda elektr o’zgartirgichlarning struktura sxemasi quyidagicha (rasm 6.1) ko’rinishida bo’ladi. Mikrokontroller faqat raqamli signal bilan ishlay oladi. Shuning uchun ham kelayotgan signal ARO’ yordamida raqamli signalga aylantiriladi. Ma’lumotlar qayta ishlanib bo’lingandan keyin raqamli signal qaytadan analog signalga aylantiriladi.Chunki tashqi qurilmalar (masalan elektromotor) analog signal bilan ishlaydi.Raqamli signalni qaytadan analog signalga aylantirish uchun raqam – analog o’zgartirgich (rasm 13.1) ishlatiladi.



    Rasm 13.1 o’zgartirgichlarning umumiy sxemasi





    Rasm 13.2 +5, -5 amplitudali o’zgaruvchan tokning sinusoidal signali

    ARO’ning ishlash prinsipi quyidagicha: ARO’ kelayotgan analog signalni (rasm 13.2) ARO’ yordamida teng vaqtlarda o’lchanadi. Bir sekund ichida raqamlashtirilgan qiymatlar soni (diskretlash chastotasi) analog signal spektridagi maksimal chastotalarning ikki barobariga teng bo’lishi kerak (Kotel’nikov teoremasi). Analog signalning bir zumda o’lchangan qiymati avvaldan aniqlangan qiymatlar to’plamidagi qiymatgacha yahlitlanadi.Bu jarayon kvantlash jarayoni deb ataladi. Signal sathi doimo ikkiga karrali qilib olinadi. Masalan, 23 = 8, 24 = 16, 25 = 32, 26 = 64 vah.o.sathraqami 3, 4, 5, 6 vah.o. bitlar orqali tasvirlanadi.



    Rasm 13.3 ARO’ning ish printsipi
    Natijada modulyator chiqishida 0 va1 dan iborat bitlar to’plami vujudga keladi. Signal ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:

    Rasm 13.4 o’zgarmas tok impulslari



    Download 6,85 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73




    Download 6,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqam – analog o’zgartirgichlar

    Download 6,85 Mb.