Analog – raqam o’zgartirgichlar (ARO’,Analog-to-digitalconverter, ADC, Аналого-цифравойпреобразовательАЦП) - bu analog signalni diskret kodga o’zgartiruvchi elektron qurilma. ARO’ kuchlanishni ikkilik sistemasidagi raqamli kodga o’zgartiradi. ARO’ razryadlar soni bilan harakterlanadi.Razryad – bu qurilma chiqishida uzatishi mumkin bo’lgan diskret qiymatlar miqdoridir.ARO’ning imkoniyati – buuning o’zgartirish chastotasidir. Chastota sekundiga sanoq miqdori bilan o’lchanadi va ARO’ning tezlik harakteristikasini belgilaydi. Razryad bitlarda o’lchanadi.Zamonaviy ARO’lar 24 bitli ham bo’lishi mumkin.
Umuman olganda elektr o’zgartirgichlarning struktura sxemasi quyidagicha (rasm 12.7) ko’rinishida bo’ladi. Mikrokontroller faqat raqamli signal bilan ishlay oladi. Shuning uchun ham kelayotgan signal ARO’ yordamida raqamli signalga aylantiriladi. Ma’lumotlar qayta ishlanib bo’lingandan keyin raqamli signal qaytadan analog signalga aylantiriladi.Chunki tashqi qurilmalar (masalan elektromotor) analog signal bilan ishlaydi.Raqamli signalni qaytadan analog signalga aylantirish uchun raqam – analog o’zgartirgich (rasm 5.1) ishlatiladi.
Rasm 12.7 o’zgartirgichlarning umumiy sxemasi
Rasm 5.2 +5, -5 amplitudali o’zgaruvchan tokning sinusoidal signali
ARO’ning ishlash prinsipi quyidagicha: ARO’ kelayotgan analog signalni (rasm 12.7) ARO’ yordamida teng vaqtlarda o’lchanadi. Bir sekund ichida raqamlashtirilgan qiymatlar soni (diskretlash chastotasi) analog signal spektridagi maksimal chastotalarning ikki barobariga teng bo’lishi kerak (Kotel’nikov teoremasi). Analog signalning bir zumda o’lchangan qiymati avvaldan aniqlangan qiymatlar to’plamidagi qiymatgacha yahlitlanadi.Bu jarayon kvantlash jarayoni deb ataladi. Signal sathi doimo ikkiga karrali qilib olinadi. Masalan, 23 = 8, 24 = 16, 25 = 32, 26 = 64 vah.o.sathraqami 3, 4, 5, 6 vah.o. bitlar orqali tasvirlanadi.
Rasm 12.8 ARO’ning ish printsipi
Natijada modulyator chiqishida 0 va1 dan iborat bitlar to’plami vujudga keladi. Signal ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
Rasm 12.9 o’zgarmas tok impulslari
|