|
Mashinasozlik texnologiyasi
|
bet | 16/73 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 6,85 Mb. | | #117441 |
Bog'liq PR 111 UMK Raqamli signal – bu vaqt bo’yicha diskret va sathi bo’yicha kvantlangan signal.Kvantlar qiymati 0 va 1 dan iborat bo’ladi.
Diskret signal – bu diskret vaqtlarda ketma - ket uzatilgan signallardir.
Impul’sli signal – bu vaqt birligi ichidauzatilayotgan tok yoki kuchlanishni normadan chetga chiqishidir. Impul’s signal yuqori ishonchlilikka ega.Chunki impul’sli signal uzatish texnologiyasida signal miqdori haqida qabul qiluvchi ogohlantiriladi. Elektron texnikada impul’s signallari quyidagicha formalarda bo’lishi mumkin.
Rasm 11.3 signal formalari
Signallar simli yoki simsiz uzatilishi mumkin.
Rasm 12.1 tenzorezistor
Tenzorezistorni sezgir elementi ingichka simdan, fol’gadan yoki yarimo’tkazgich plenkadan yasaladi.Tenzorezistor kuchni, bosimni, og’irlikni, mexanik kuchlanishni, aylanish momentini o’lchash uchun ishlatiladi.Sezgir elementga ta’sir etuvchi kuch uning qarshiligini o’zgartiradi.Tenzorezistor shu printsipga asosan ishlaydi.
P’ezoelektrik printsipda ishlaydigan sensorlar
P’ezoelektriklar – bu kristallar bo’lib, ular siqilganda o’zidan elektr zaryadi chiqaradi.Elektr kuchlanishi ta’sir ettirilganda o’z formasini o’zgartiradi, ya’ni siqiladi/cho’ziladi, egiladi, bukiladi.
Rasm 12.2 p’ezoelement
Pp’ezoelektrik sensorlar shu printsip asosida ishlaydilar.Masalan ultratovush sensorlari.
Rasm 12. 3 A – ultratovush to’lqin generatori sxenasi. B – ultratovush o’zgartirgich konstruktsiyasi
Rasm 12.3 A da ko’rinib turibdiki, kirish kuchlanishi p’ezokeramik elementni egilishga majbur qiladi.Buning natijasida ultratovush to’lqinlari yuzaga keladi. P’ezoelektrik jarayon qayuvchi jarayon bo’lganidan, qaytgan ultratovush to’lqinlari shu p’ezokeramik materialga urilib,uning yuzasida elektr zaryadi paydo qiladi. P’ezoelementning o’rtacha ish chastotasi 32 kGts.Ultratovush to’lqinlari yordamida L0 masofani o’lchash quyidagi formula orqali amalga oshiriladi.
|
| |