|
Mashinasozlik texnologiyasi
|
bet | 22/73 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 6,85 Mb. | | #117441 |
Bog'liq PR 111 UMK D1 va D2 diodlar oyoqchani ortiqcha kuchlanishdan himoyalash uchun ishlatiladi. Kondensator Cpin oyoqcha uchun mo’ljallangan bo’lib, kuchlanishni bir hilda bo’lishini ta’minlab turadi.
PROTEUS dasturiy pakеti xaqida umumiy tushunchalar.
Proteus dasturi loyihalash jarayonlarini elektron sxemalarini chizishga moslashgan dasturiy paketdir.U Labcenter Electronics firmasi tomonidan yaratilgan (buyuk Britaniya). Dastur 2 qismdan iborat: ISIS va ARES. Isis – real vaqt davomida elektron sxemani ishlab chiqish, ishga tushirish va tekshirish amallarini bajaradi. Ares esa, sxemaning chop etish shakli bilan shug’ullanadi. Proteus dasturi VSM (Virtual simulation Modeling) toifasidagi dastur hisoblanadi.
Dasturning tuzilishi quyidagicha:
Dasturning nomlanishi – yangi yaratilayotgan fayl va dastur nomi aks etadi.
Menyulaqr qatori – barcha buyruqlar toifalashgan jamlanmasi.
Uskunalar paneli – tezkor buyruqlar to’plami.
Ob’ektlar jamlanmasi – ushbu qismda ko’p qo’llanuvchi va chizma geometriyaga tegishli ob’ektlar jamlangan.
Orientasiya – ob’ektning o’lchami va koordinatasining o’zgartirish qismi.
Tezkorko’rish – elektronsxemanikerakliko’rinishqismgakeltirish.
Vositalar – elektron sxemada foydalanilayotgan vositalar majmui to’plami saqlanuvchi qism.
Ishchi maydon – kerakli sxema chiziluvchi maydon.
Proteus dasturida yaratilgan loyihalar *.DSN kengaytmali fayl bo’lib saqlanadi. Proteus dasturi ilm-fan, ta’lim va ilmiy-ishlab chiqarish sohalarida keng qo’llaniladi.
|
| |