|
Mashinasozlik texnologiyasi
|
bet | 28/73 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 6,85 Mb. | | #117441 |
Bog'liq PR 111 UMK Ishni bajarish tartibi:
Payvandlash robotlarining kontakt sensorlari turlarini o’rganish. Elektr yoy yordamida, gaz alangasi yordamida, nuqtaviy, rolikli va boshqa payvandlash dastgohlarida kontakt sensorlarini ishlash uslubini o’rganish.
Metallarni payvandlashda payvandlash robotlarining zamonaviy sensorli ta’minlangan turlarini (O’qituvchi ko’rsatmasi bo’yicha) va ularning texnik xarakteristikasi bo’yicha internet ma’lumotlarini olish.
Yuqorida qilingan ishlar yuzasidan talabalar fikr va mulohazalari.
Xulosa:
2-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Payvandlash robotlarining induktiv sensorlarini o‘rganish.
Ishni bajarishdan maqsad:
Payvandlash robotlarining induktiv sensorlari to’g’risida umumiy ma’lumotlarga ega bo’lish. Induktiv sensorlari turlari, tuzilishi, ishlash prinspi va unda bajariladigan ishlarni o’rganish. Induktiv sensorlarni o’rganish. (bosim, harorat, o’lchamlar va boshqalar) miqdorlari ta’sirlarini nazorat qilishni, elektr zanjirda induktivliklar va induktivliklar uzilganda jarayonni boshqarish yoki signal qabul qilish jarayonlarini o’rganish.
Nazariy qism:
Induktivlik,induktivlikningbirligi, g`altakning induktivligi,o`zinduksiya, o`zaro iduksiya, salenoid induktivligi, kontur, elektr yurituvchi kuch,transformator,avtotransformator, magnit maydon energiyasi, Lents qonuni,R-reostat.
Daniyalik fizik Ersted 1820-yilda tokning magnit ta`sirini aniqlagandan keyin, ingliz fizigi Faradey bu kashfiyot bilan tanishgan va shunday xulosaga keladi:madomiki, berk o`tkazgich bo`ylab oqayotgan tok magnitni harakatga keltirar ekan, magnitning harakatlanishi ham berk o`tkazgichda tok hosil qilish kerak va bu hodisaning to`g`riligini Faradey 1931 – yilda ko`p tajribalar asosida tasdiqlaydi. U magnit maydonda sim o`ramli g`altak va galvonometrdan iborat berk kontur ilgarilanma harakat qilganda yoki burilganda, shuningdek, qo`zg`almas kontur ma`lum vaqt davomida o`zgaruvchan magnit maydonda turganida konturlargatok hosil bo`lishi aniqlandi.
Magnit maydonning o`zgarishi tufayli berk konturda hosil bo`lgan tok induksion tok, hodisaning o`zi esa elektromagnit induksiya hodisasi deb ataladi Induksion tokni hosil qiluvchi elektr yurituvchi kuch induksion elektr yurituvchi kuch (induksiya – EYUK) deb ataladi.
Induktivlik (lot. inductio — taʼsirlash, uygʻotish) — oʻtkazgichdan yasalgan konturdan bir amper tok kuchi oʻtayotganda shu konturni kesib oʻtuvchi magnit maydon induksiyasi oqimini vujudga keltirish xususiyati.
|
| |