8.5. Mashina traktor parkida hujjatlar va hujjatlar aylanmasi
Qishloq
xo‘jalik
texnikasi
muhandis-texnik
xizmatini
tezkor
boshqarishda birlamchi sifatida quyidagi hujjatlar ishlatiladi:
«Mashinaning «shaxsiy varaqasi», «Ta’mirlash varaqasi», «TXK reja-
hisobi», «Ehtiyot qismlarga talabnoma», «Yo‘l varaqasi» va boshqalar.
QXT ta’mirlashga kelganda, texnik nazorat punktining mexanigi
haydovchi bilan birgalikda ta’mirlash varaqasini old tarafini to‘ldiradi. Unda
nosozlikning tashqi ko‘rinishlari bayoni, mashinaning rekvizitlari-garaj
raqami, modeli, kuzov turi, ekspluatatsiya sikli, ishlagan soati yoziladi.
so‘ngra ta’mirlash varaqasiga rasmiylashtirish vaqti va sanasi, uni
to‘ldiruvchilar imzosi qo‘yiladi.
Ta’mirlash varaqasining keyingi rasmiylashtirilishi muhandis-texnik
xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi: zarur sozlash-ta’mirlash
ishlarini belgilash, mashinadan echilgan nosoz agregat, uzel va detallar,
ajratilgan ehtiyot qismlar haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirish.
Buyurtmada ko‘rsatilgan ishlar bajarilgandan so‘ng avtomobil nazoratchi
tomonidan tekshiriladi va ishlar amalda bajarilgani haqida imzo q o‘yadi.
Avtomobil varaqasining ko‘rinishi keltirilgan. Hisob bo‘yicha texnik yo‘l
varaqasidagi ma’lumotlar asosida avtomobilning kunlik yurgan yo‘lini o‘sish
tartibida hisob varaqasiga yozib boradi.
Bu ma’lumotlar avtomobilni navbatdagi texnik xizmat ko‘rsatishga
yuborilishini rejalashtirishga asos bo‘ladi va bu haqda hisob varaqasida
maxsus belgi qo‘yiladi. Bundan tashqari, hisob varaqasiga ta’mirlash
varaqasidan bajarilgan ta’mirlash ishlari va almashtirilgan agregatlar
xaqidagi ma’lumotlar ko‘chirib yoziladi.
129
Hisob bo‘yicha texnik hisob varaqasida keltirilgan avtomobillarning
amalda yurgan yo‘li asosida TXKning kunlik rejasini tuzadi. Buning uchun u
«TXK reja - hisoboti»ga TXK mintaqasining kunlik dasturiga mos keladigan
avtomobillarni garaj raqamlarini yozib to‘ldiradi. Keyinchalik TXK
mintaqasining ustozi TXK ishlari bajarilgani, TXK ishlari ijrochilarining
ismi-shariflari haqidagi ma’lumotlarni ham TXK reja-hisobotiga kiritadi.
«Ehtiyot qismlarga talabnoma»ning tarkibi keltirilgan. Avtomobilda
nosoz agregat, uzel yoki detallarni almashtirishga ehtiyoj tug‘ilganda, ishlab
chiqarishni tezkor boshqarish bo‘limi xodimlari ko‘rsatmasiga binoan
«talabnoma» rasmiylashtiriladi, uning asosida omborxonadan zarur ehtiyot
qismlar olinadi va JT postlariga etkazib beriladi. So‘ngra talabnomadagi
ma’lumotlar ta’mirlash varaqasiga tushiriladi. Qolgan hujjatlar ham shu
tarzda to‘ldiriladi.
Ko‘rsatilgan xujjatlar muhandis-texnik xizmatining xujjatlar aylanmasini,
ya’ni boshqarishning kichik tizimlari bo‘yicha hujjatlar oqimini tashkil etadi.
Har qanday hujjat ikki qismdan-bayon qismi va axborotlardan iborat.
Bayon qismi hujjatning o‘zini tavsiflaydi (nomi, raqami, sanasi va b.).
Axborot qismi esa bir xil yozuvlar ketma-ketligidan iborat.
Hujjatdagi axborot hajmi:
W
xuj
W
b
-W
a
,
(8.1)
bu erda:
W
b
- bayon qismining xajmi, kb
W
a
- axborot qismining hajmi, kb
o‘z o‘rnida bayon qismining hajmi:
n
i
i
б
W
W
1
,
(8.2)
bu erda:
W
i
- hujjatning bayon qismidagi
i- joydagi axborot hajmi;
130
n- bayon qismidagi i – joylar soni.
Axborot qismining hajmi:
m
j
j
B
a
W
N
W
1
,
(8.3)
bu erda:
N
B
- axborot qismidagi yozuvlar soni;
W
j
- axborot qismining
j– joyidagi axborot hajmi;
m- joylar soni
Bir hujjat boshqa birini qisman takrorlasa, hujjatlar miqyosida takrorlash
deyiladi. Bunday takrorlashni miqdor jixatdan ikkita ko‘rsatkich bilan
baholash mumkin: takrorlanish darajasi va karraligi. Takrorlanish darajasi
ikki va undan ko‘p hujjatda keltiriladigan axborotning ulushini ko‘rsatadi:
%
100
уж
g
g
Wх
W
S
, (8.4)
bu erda:
W
g
- boshqa hujjatlarda takrorlanadigan axborot hajmi;
W
huj
- hujjatdagi axborotning umumiy hajmi.
Takrorlanish karraligi – K
qayt
- bir xil axborot takrorlanadigan hujjatlar
soni bilan aniqlanadi.
MTPda 120 dan ortiq hujjatlardan foydalaniladi. Shulardan 21 foizini
birlamchi hujjatlar texnik pasportlar, yo‘l varaqasi, ta’mirlash varaqasi,
extiyot qismlar uchun talabnomalar; 6 foizini me’yoriy hujjatlar (yo‘nalish va
ish rejimlari, yonilg‘i sarfi me’yorlari, shinalar resursi, TXK davriyligi); 73
foizini ikkilamchi hujjatlar (turli ma’lumot, hujjat, kartoteka, jurnal va
boshqalar) tashkil etadi.
Birlamchi hujjatlar bilan texnik xizmatning turli bo‘limlari shug‘ullanadi
va har bir bo‘lim hujjatga o‘z ma’lumotini qo‘shadi, lekin bir birini
takrorlamaydi.
131
Ikkilamchi hujjatlar birlamchilardagi axborotni to‘la yoki qisman
takrorlaydi.
ATKda qo‘llanilayotgan hujjatlar sonining ko‘pligi va turliligi,
ma’lumotlar hajmining kattaligi, ularning qaytarilishi axborot tizimini
avtomatlashtirishni taqozo qiladi.
|