138
- mashina manevrni tugatishi uchun 0'' nuqta atrofida oldingi tomonga
aylantiriladi va yurish yo‘liga paralel bo‘lgan holatga keltirilib, mashinaning
- gabariti chizib qo‘yiladi.
9.2. Saqlash usullarining samaradorligi
Mashinalarni saqlash usullarini tanlash asosan ikki ko‘rsatkichni
taqqoslash hisobiga amalga oshiriladi. Birinchisi, saqlashni tashkil etish
uchun sarflanadigan
birlamchi sarmoya, ikkinchisi, mashinani saqlab turish
uchun sarflanadigan ekspluatatsiya xarajatlari.
Mashinani har xil usulda saqlashning ekspluatatsiya
tannarxi ikki
ko‘rsatkichning natijaviy ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
9.3-rasm. Mashinaning qo‘shimcha manevr bilan chiqib ketadigan
varianti uchun yurish yo‘lini aniqlash
Birinchi ko‘rsatkichga bino qiymati, uni isitish yoki isitmaslik, isitilsa,
o‘rnatiladigan isitish qurilmalari qiymati kiradi.
Agar mashina ochiq
maydonda saqlansa, motorni o‘t oldirishni osonlashtiruvchi: suv, bug‘, elektr
yordamida isitish usullari yoki hozirgi paytda keng tarqalgan, mashinaning
o‘ziga o‘rnatiladigan isitish qurilmalari qo‘llanilishi mumkin.
Ekspluatatsiya xarajatlariga esa binoni isitish
uchun zaruriy issiqlik
miqdori, jihozlarning servis va ta’mirlash xarajatlari va qo‘shimcha xarajatlar
kiradi.
Б
139
Har bir ayrim holatda hududning tabiiy - iqlim sharoitini, mashinalarning
ishga chiqishi va ishlashi hamda saqlanish tartibini, mashina turkumi va
o‘lchamini
hisobga olgan holda, ekspluatatsiya tannarxi hisoblanib, saqlash
usuli tanlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qishloq xo‘jalik
mashinalarini yopiq
binolarda saqlash (mulk shaklidan qat’iy nazar) tavsiya etilmaydi. Janubiy
mintaqalarda ushbu binolar isitilmasa ham bo‘ladi.
Katta o‘lchamli mashinalar, yuk mashinalarini ochiq maydonlarda saqlash
ancha mablag‘ tejaydi. Harakatdagi tarkibning ishga chiqish ahamiyatiga
qarab, motor o‘t olishini osonlashtirish usullarini qo‘llash lozim.