Nazorat savollari:
1. Mashinalarni saqlashda qanday usullar qo‘llaniladi?
2. Ko‘p qavatli saqlash binolarida rampalarni joylashtirish turlarini
ko‘rsating.
3. Zamonaviy terminallar qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?
4. Saqlash joylarida mashinalarni joylashtirish usullarini keltiring.
5. Mashinalarning yurish yo‘li o‘qiga nisbatan joylashtirilishi qanday
burchaklarda amalga oshiriladi?
6. Saqlash joyining parametrlarini grafik usulda aniqlash qanday amalga
oshiriladi?
10.MODDIY-TEXNIK TA’MINOT USULLARI VA VOSITALARI
10.1 Qishloq xo‘jalik texnikasida ishlatiladigan buyum va materiallar
Hozirgi vaqtda Respublikamiz MTPlarida va boshqa turdosh korxonalarda
hamda fuqarolarda ekspluatatsiya qilinayotgan traktor va qishloq xo‘jalik
texnikasi turlari va rusumlari 100 dan ortiq. Bular TTZ
,
Samko‘chAVTO,
MTZ, BelAZ, AltTrakt, va boshqalar. Bulardan tashqari xalq ho‘jaligida
Rossiya, Kanada, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Evropa davlatlarida
140
ishlab chiqarilgan mashinalar turi va soni oshib bormoqda, Toyota, DEU,
CLAAS, Keys va boshqalar.
Ehtiyot qismlar –ekspluatatsiya jarayonida buzilgan detallar o‘rniga
qo‘yiladigan zahira detal va uzellardir. Shuning uchun ehtiyot qismlarni
«sovuq» rezerv zahirasi kabi ko‘riladi. MTP da qo‘llaniladigan buyum va
materiallar nomenklaturasinig 70% foizga yaqinini ehtiyot qismlar tashkil
etadi.
Ehtiyot qismlar nomenklaturasi, bu – mashina ishlab chiqargan
korxonalar texnik hujjatlari asosida, ma’lum ketma-ketlikda, detallarning
katalog raqami va nomi bo‘yicha tuzilgan ro‘yxat.
Ehtiyot qismlar nomenklaturasiga quyidagilar kiritiladi:
- resursi mashinani hisobdan chiqarish resursidan kichik bo‘lgan detal va
uzellar (ustqo‘ymalar, vallar, nasoslar va h.k.);
-
ekspluatatsiya
jarayonida
tasodifan
yoki
falokat
tufayli
almashtiriladigan mashina elementlari (lampochkalar, kuzov detallari va h.k);
- bo‘laklarga ajratish amallari jarayonida ishdan chiqadigan mashina
elementlari (tiqinlar, vkladishlar va h. k.)
Ehtiyot qismlar nomenklaturasi o‘ng mingdan ortiq nomga ega. Ular o‘z
navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
- mexanik detal va uzellar (val, o‘q, shesternya, suv va moy nasoslari va
boshqalar);
-yonilg‘i tizimi apparaturasining detal va uzellari (karbyurator, benzin
nasosi, yuqori va past bosimli yonilg‘i nasosi, forsunka va h.k.);
- elektr asbob-uskuna va jihozlar (generator, starter, o‘t oldirish g‘altagi,
chaqmoqlari, uzgich–taqsimlagich va h.k.);
- podshipniklar (sharikli, konusli va tayanch podshipniklari va h.k.);
- shisha buyumlar (mashina oynalari, elektr fara shishalari va h.k.);
- rezina–texnik buyumlar (manjetalar, tiqinlar, moy tutqichlar, zarba
qaytargichlar va h.k.);
141
- asbest buyumlari (tormoz va ilashish muftalarining ustqo‘ymalari,
dvigatel kallagi tiqini va h.k.);
- kigiz va to‘qimachilik buyumlari (o‘rindiq, shovqin va issiqlik
o‘tkazmaydigan materiallar va h.k.);
- po‘kak buyumlar;
- plastmassa buyumlari (salon ichini bezatish materiallari, bamperlar,
kuch ta’sirida ishlamaydigan ayrim detallar va h.k.);
- karton va qog‘oz buyumlari (tiqinlar va h.k.).
Har bir mashina modeli uchun ehtiyot qismlar katalogi mavjud. Kataloglarda
agregat, uzel, tizimlar rasmi, unda joylashgan detallarning raqami, nomi va kodi
keltiriladi.
Bulardan tashqari Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi (MDH) davlatlarida
ishlab chiqarilgan mashinalar uchun nomenklatura daftari mavjud. Unda
ekspluatatsiya jarayonida almashtiriladigan detallar nomenklaturasi va har bir
detal bo‘yicha ehtiyot qismlarning 100 ta mashina uchun bir yilgi me’yoriy
sarfi va narxi beriladi. Ushbu nomenklatura daftari orqali har bir MTP o‘z
ishlash
sharoitidan
kelib
chiqqan
holda,
kerakli
ehtiyot
qismlar
nomenklaturasi, hajmini aniqlab, uning asosida buyurtma beradi.
Mashina shinalari va akkumulyator batareyalari. Bu turdagi buyumlar
mashina ehtiyot qismlar nomenklaturasiga kirmaydi, shuning uchun MTPda
ularning alohida hisobi olib boriladi va rejalashtiriladi. Respublikamizda
ekspluatatsiya qilinayotgan Qishloq xo‘jalik texnikasi va mashinalarda
yuzga yaqin har xil turdagi shinalar va ularga tegishli kameralar
qo‘llanilmoqda.
MTPda shinalarning bir yillik sarfi, asosan, ularning resursiga asoslanib
aniqlanadi. Shina resursi ko‘pgina omillarga bog‘liq (mashinalarning ishlash
sharoiti, shina turi, bosim, boshqaruv g‘ildiraklarining joylashish burchagi,
haydovchi malakasi va b.).
MTP bo‘yicha shinalarga bo‘lgan yillik ehtiyoj quyidagicha aniqlanadi:
142
ш
т
кй
с
р
ш
L
n
l
D
А
H
,
(10.1)
bu erda: A
R
- MTP bo‘yicha ro‘yxatdagi mashinalar soni;
D
C
- mashinalarning yil davomida yo‘l (safar)ga chiqish kunlari, kun;
l
KI
- mashinalarning o‘rtacha bir kunlik ishlagan vaqti, motosoat;
T
- MTP bo‘yicha mashinalarning texnik tayyorgarlik koeffitsienti;
n- mashinadagi shinalar soni (zahira shinasi bundan mustasno), dona;
L
SH
- shinaning o‘rtacha resursi, motosoat.
Mashinalarda qo‘llaniladigan akkumulyator batareyalari 100 turdan ko‘p.
MTPda akkumulyator batareyalarning bir yillik sarfi, asosan, ularning
xizmat muddatiga asoslanib aniqlanadi, ya’ni:
р
акб
й
акб
А
t
n
t
Н
,
(10.2)
bu erda: t
Y
-akkumulyator batareyasi hisoblanadigan davr (yarim yil, bir
yil va h.k.), yil;
t
AKB
- akkumulyator batareyasining xizmat muddati, yil;
n- mashinadagi akkumulyator batareyalar soni, dona.
Mashinalarning ekspluatatsiyasi davrida akkumulyator batareyalari
asosan, talab bo‘yicha almashtiriladi.
|