8.4. Ishlab-chiqarishni axborot bilan ta’minlash
Axborot boshqarishning muhim elementlaridan bo‘lib, uni to‘plash va
tahlil qilish vaqt, mehnat va material sarflarini talab qiladi.
Boshqarish jarayoni boshqarilayotgan ob’ekt (MTP, TXK va JT, D
mintaqalari, ustaxonalar, omborxonalar va h.k.) ning holati haqida axborot
to‘plashdan boshlanadi, to‘plangan axborot tahlil qilinadi, shuning asosida
qaror qabul qilinadi va ijro uchun topshiriladi.
MTPning ishlab chiqarish tarkiblari (QX mashinalari, TXK va T, D
mintaqalari, ta’mirlash ustaxonalari, omborxonalar) va xizmatlar (hisobxona,
rejalash bo‘limlari, texnik bo‘lim va h.k.)ning majmuasidan iborat bo‘lib,
ularning har birida muayyan masalalar hal qilinadi. Ishlab chiqarish
bo‘limlari va xodimlarning faoliyati korxonalarda qo‘llaniladigan turli
shakldagi hujjatlarda - yo‘l varaqasi, tabel, talabnoma, ta’mirlash varaqasi va
h.k.larda
qayd
etiladi.
MTPning
faoliyati
esa
turli
hisobot
va
ma’lumotnomalarda aks ettiriladi.
Saqlanayotgan axborotlar turiga qarab hujjatlarni uch xilga ajratish
mumkin: me’yoriy, birlamchi va ikkilamchi.
Axborotlar ma’lum muddat ichida o‘zgarmay qoladigan hujjatlar
me’yoriy deyiladi. Masalan: TXK ishlarining davriyligi, yonilg‘i sarfi
me’yorlari va boshqalar).
Kunda ishlab-chiqarish faoliyati haqidagi axborot qayd etiladigan
xujjatlar, birlamchi, deyiladi (yo‘l varaqalari, ta’mirlash uchun talabnomalar
va boshqalar). Ikkilamchi hujjatlarda birlamchi hujjatlardan tanlab olinib,
umumlashtirilgan me’yoriy ma’lumotnoma va boshqa axborotlar yoziladi.
Axborotni u yoki bu turidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi uning
to‘liqligi, aniqligi muhimligi, texnik-iqtisodiy hisoblar bilan to‘plangan
127
axborotlarning narxi hamda qabul qilingan qarorlarning muhimligi bilan
aniqlanadi.
MTPda manba’lar va axborot tashuvchilar namunasi 8.1. jadvalda
keltirilgan.
Bo‘limlar
Xodimlar
Ish turi
Hujjat
MTP
mexanizator
QX ishlari
Yo‘l varaqasi
TXK
va
JT
mintaqasi
Ta’mirlash
ishchilar
Avtomolbillarga TXK va
ta’mirlash
Ta’mirlash
varaqasi
Boshqarma
apparati xizmati
Xodimlar
Hujjatlarga ishlov berish va
bosh-qarishdagi tashkilotlar
bilan ishlash
-
8.1-rasm. MTP faoliyati haqida axborotlar manbai va tashuvchilari
Axborotning to‘liqligini baholashdan maqsad to‘plangan axborot sifatini va bir
xilligini aniqlashdan iboratdir. Agarda to‘plangan axborot to‘laqonli bo‘lmasa,
qaror ham oqilona bo‘lmaydi. Axborot aniqligini baholash tanlangan ma’lumotlar
hajmini aniqlash uchun zarur.
Axborotni
miqdoriy
baholash
qaror
qabul
qilishdagi
noaniqlik
muammosini bartaraf etish bilan bog‘liq. Miqdoriy baholash axborot olishni
turli usullarini, masalan, diagnostika, sta tistika usullari va boshqalarni
solishtirishda qo‘llaniladi. Axborot olishni qiymatini baholash, yangi va
qo‘shimcha axborotni, undan olinadigan samaraga qarab qiymatini
solishtirishga qaratilgan. Avtotransport korxonalarida axborot ob’ektlari,
manbalari, tashuvchilari va ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘lishi mumkin.
Hujjatlardagi axborot qator talablarni qondirishi kerak:
- ishonarli bo‘lishi kerak, chunki u texnik, iqtisodiy, ijtimoiy oqibatlarga
olib kelishi mumkin bo‘lgan qabul qilinadigan qarorlarga asos bo‘lib xizmat
qiladi;
- ma’naviy mazmuni maksimum bo‘lib, minimum hajmga ega bo‘lishi
kerak;
- boshqarish tizimining o‘zgarishga turg‘unligini ta’minlash maqsadida
axborot birmuncha ortiqcha ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak;
128
- xabar matni qisqa va ravshan bo‘lishi zarur: raqamli ma’lumotlar
shunday ko‘rinishga ega bo‘lishi kerakki ulardan axborot iste’molchilari
qayta ishlamasdan foydalansinlar.
|