156
v
i
– mashinalarning i-nchi «yosh» guruhining
oxirgi qiymati, ming km.
«Yosh» guruhining oralig‘i (
L
BASH
), bir oylik, chorak, yarim yoki bir
yillik bosib o‘tiladigan
masofalar asosida, ya’ni Ehtiyot qismlar qaysi davr
uchun aniqlanayotganiga qarab olinadi.
11.2 Ehtiyot qismlar zahirasini boshqarish tizimi. Tizimning asosiy
ko‘rsatkichlari
Omborda saqlanadigan ehtiyot qismlar nomenklaturasi va hajmini
aniqlash usuli hamda ushbu zahiralarni optimal
darajada saqlash jarayoniga
zahirani boshqarish, deyiladi.
Bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
ehtiyot
qismlar
bo‘yicha
beriladigan
buyurtmaning eng qulay hajmiga va uni olib kelish davriga katta e’tibor beriladi.
Agar yil davomda ishlatiladigan ehtiyot qismlarni hammasi birdaniga olib kelinsa,
ularni omborda saqlash uchun xarajatlar haddan tashqari oshib ketadi, chunki
kapital mablag‘lar to‘liq harakatda bo‘lmaydi
va ombor maydonidan unumli
foydalanilmaydi. Shunday qilib, kerakli ehtiyot qismlar zahirasini kichik hajmda
va katta davriyliklarda olib kelish qulay. Ammo
bunda tashish harajati va
qo‘shimcha xarajatlar oshadi hamda iste’molchilar katta hajmda oladigan mollari
uchun beriladigan moliyaviy imtiyozdan mahrum bo‘ladilar. Shular sababli, olib
kelinadigan ehtiyot qismlar partiyasining xarajatiga
va olib kelish davriyligiga
ikkita omil birday ta’sir etadi:
- buyurtmani olib kelish uchun ketadigan xarajatlar;
- zahirani saqlash uchun ketadigan xarajatlar.
Ehtiyot qismlar zahira hajmini va buyurtma berish vaqtini aniqlash uchun
oddiy jadval usulidan tortib, to murakkab iqtisodiy-matematik usullargacha, har xil
usullar qo‘llaniladi. Iqtisodiy-matematik usullar eng qulay (optimal), ehtiyot qism
hajmini va buyurtma berish davriyligini aniqlashga qaratilgan. Bu usul shartiga
ko‘ra, bitta detalni olib kelish va uni saqlash uchun xarajatlar yig‘indisi
eng kam
(minimal) bo‘lishi kerak. Ehtiyot qism zahirasini boshqarish uchun yillik xarajatlar
(K) quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi:
157
C
J
q
A
q
Q
K
2
,
(11.9)
bu erda:
Q
- ko‘rilayotgan detal bo‘yicha, ATKda yil davomida kerak bo‘ladigan
ehtiyot qismlar hajmi, dona;
q
- beriladigan buyurtma (olib kelinadigan partiya) hajmi, dona;
А
-buyurtma partiyasini tashib kelish va tayyorlash uchun o‘zgarmas
xarjatlar, so‘m;
J
-ehtiyot qismlarni saqlash xarajatlarni e’tiborga oluvchi koeffitsient
(taxminan 0,15…0,35);
С
-ehtiyot qismning narxi, so‘m.
Tenglamadagi birinchi yig‘indi yil davomida buyurtmalarni olib kelishga,
ikkinchi qismi esa ularni saqlash xarajatlari yig‘indisini ko‘rsatadi. Eng qulay
buyurtma hajmi tenglama yig‘indisining eng kichik qiymatiga to‘g‘ri
keladi
(11.2-rasm)
Yuqoridagi tenglamani
q
bo‘yicha differensialab,
nolga tenglashtirilsa,
eng qulay buyurtma hajmi topiladi:
C
J
A
Q
q
ОПТ
2
,
(11.10)
Ushbu eng qulay buyurtma hajmi orqali zahirani boshqarishning ko‘p
ko‘rsatkichlari aniqlanadi:
- yil davomida beriladigan buyurtmalar soni:
ОПТ
q
Q
n
,
(11.11)
- buyurtmalar berish davriyligi (t
b
):