106
reklama xarajatlarini avvalgi faoliyat natijalari buyicha tovar sotish xajmiga nisbati yordamida
aniqlanadi. Bu
usulning aniqligi yuqori emas, chunki savdo natijalariga reklamadan tashkari
boshqa kuplab omillar xam ta`sir kursatadi.
Servis (xizmat ko„rsatish) - korxona marketing faoliyatining mashinalar, asbob-uskunalar
va transport vositalarini sotish va ekspluatatsiya qilishni ta`minlovchi bulimi, kuyi tizimi.
Sifat - tovarning muayyan iste`molchilar ehtiyojini qondirish qobiliyatini belgilab beruvchi,
kuyilgan talablarga mos keluvchi xususiyatlari majmui. Oldi-sotdi shartnomalarida tomonlar sifat
kursatkichlari,
uni tekshirish tartibi, tovar sifatining belgilangan talablarga mos kelishini
tasdiklovchi xujjatlarni takdim etish tartibi kelishib olinadi, zarur xollarda
tovarni sifati buyicha
kabul qilish va topshirish shartlari, shuningdek tovar sifati yoki uni saqlash muddati buyicha
kafolatlar belgilab kuyiladi.